Futbol tarixida birinchi marta rasmiy oʻyin toʻpi — Trionda har bir uchrashuv oldidan zaryadlanadigan boʻldi. Toʻp ichidagi 14 grammli datchik uning tezligi va yoʻnalishini soniyasiga 500 marta aniqlikda muhrlaydi. 6 soatlik quvvat oʻyin oxirigacha bemalol yetadi.
Ushbu maʼlumotlar stadion kameralari bilan sinxronlashib, vaziyatlarning real vaqtdagi 3D modelini chizib beradi. Bu VAR hakamlariga offsayd, qoʻl bilan oʻyin va gol chizigʻidagi eng bahsli holatlarda ham soniyalar ichida adolatli qaror chiqarish imkonini beradi.
Narxi qariyb 170 dollar boʻlgan Trionda Jahon chempionatlari tarixidagi eng qimmat rasmiy toʻpga aylandi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
