Nukus yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi 9-mavsumining yakuniy tadbiri — “Demo Day” bo‘lib o‘tdi. Unda dastur ishtirokchilari o‘z startap loyihalarini ekspertlar e’tiboriga havola etishdi.
Yosh innovatorlar taqdimotda o‘z loyihalarining dolzarbligi, bozordagi salohiyati va ularni tijoratlashtirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Mazkur bosqich startap tashabbuslarini mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazish hamda ularni real biznes darajasiga olib chiqish imkonini berdi.
Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube









