Scribd kompaniyasiga qarashli Everand platformasi Amazon gegemonligiga chek qo‘yish uchun elektron kitoblar, audiokitoblar va onlayn klublarni bitta obunaga birlashtirdi. Buning uchun platforma o‘zi sotib olgan Fable ijtimoiy ilovasi imkoniyatlaridan foydalanmoqda.
Tizim qanday ishlaydi?
✅ Kitobni matnda o‘qishni to‘xtatgan joyingizdan audiokitob sifatida eshitib ketishingiz mumkin.
✅ 1,5 milliondan ortiq kitoblar va Fable’ning 200 000 ga yaqin onlayn kitob klublari.
✅ Ishlatilmagan kitob limitlari oy oxirida o‘chmaydi, 6 oygacha saqlanadi.
Narxlar va tariflar:
Oyiga $11.99 – 1 ta kitob
Oyiga $16.99 – 3 ta kitob
Oyiga $28.99 – 5 ta kitob
(Taqqoslash uchun: Amazon’ning faqat 1 ta audiokitob beradigan Audible xizmati oyiga $14.95 turadi).
Nega bu trendga aylandi, chunki hozirgi yosh kitobxonlar (ayniqsa BookTok ta'sirida) kitobni shunchaki o‘qimay, uni jamoa bilan muhokama qilishni xohlamoqda. Everand esa ikki xil format va ijtimoiy muloqotni bitta joyga yig‘ib, global bozorga chiqmoqda.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube



