Dastur yordamida yuguruvchilar real vaqtda o‘zlarining oldingi eng yaxshi ko‘rsatkichi (virtual arvohi") bilan musobaqalashadilar. Mashg‘ulot davomida bir maromdagi tempni saqlash va maxsus tezlanish zonalaridan o‘tish evaziga virtual tangalar beriladi. Yakuniy natijalar shaxsiy reyting jadvaliga kiritilib, foydalanuvchini o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga undaydi.
Hozirda beta-versiyada bo‘lgan ushbu loyihani tez orada Strava platformasiga qo‘shimcha (mod) sifatida integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube