Muvaffaqiyatli startap tasodifiy g‘oyadan emas, real hayotiy muammolarni tizimli tahlil qilishdan tug‘iladi. G‘oyaning hayotiyligini tekshirish uchun bozor tadqiqoti o‘tkaziladi va SWOT tahlili orqali uning kuchli, zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda xavflari baholanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston bozorida mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan loyihalar yuqori potensialga ega. Bunga misollar:
🟣 Agrotexnologiyalar (AgroTech): Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va sun'iy intellekt yordamida hosildorlikni nazorat qilish tizimlari.
🟣Onlayn ta’lim (EdTech): Hududlardagi yoshlarga zamonaviy kasblarni masofadan o‘rgatuvchi platformalar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yana qaysi muvaffaqiyatli AgroTech yoki EdTech startaplarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
