Startap olamidagi mana shu 5 ta asosiy atama va ularning ma’nosini ko‘rib chiqing:
✅ MVP — Mahsulotning eng sodda, sinov versiyasi (ortiqcha funksiyalarsiz, faqat g‘oyani tekshirish uchun).
✅ Pivot — Startap muvaffaqiyatsizlikka uchramasligi uchun uning yo‘nalishi yoki biznes modelini o‘zgartirishi.
✅ Pitch Deck — Investorlar oldida loyihani himoya qilish va pul jalb qilish uchun tayyorlangan qisqa slayd-taqdimot.
✅ Bootstrapping — Tashqi investitsiyasiz, faqat o‘z puli va ilk daromad hisobiga startapni oyoqqa turgizish.
✅ Traction — Startapning o‘sayotganini ko‘rsatuvchi real natijalar (foydalanuvchilar, yuklab olishlar yoki sotuvlar soni).
Keyinchalik yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab qo‘ying.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
