TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.71K subscribers
Post #2640 953
Jamoalar poytaxtga yetib kelishdi!

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 19-may kuni poytaxtimizda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichiga start beriladi. 
Respublika boʻylab kechgan shiddatli saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tib, hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 280 nafar iqtidorli yoshlar finalda qatnashish uchun Toshkent shahriga yetib kelishdi. 

Toshkentda o‘tadigan mazkur finalda ishtirokchilarning yoshi va yoʻnalishlari ulushidan kelib chiqqan holda jami 100 nafar eng kuchli yoshlar g‘olib deb topiladi. Yakuniy bosqichda zafar quchgan ushbu 100 nafar vorisning har biri bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi. 

Yurtimiz innovatsion taraqqiyotiga hissa qo‘shishga bel bog‘lagan barcha yosh vorislarimizga hal qiluvchi final bosqichida omad tilaymiz!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 6
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @startupper_uz
  1. Oct 6, 2026Hurmatli Azizbek Ilxamov! Sizni StartUpper jamoasi nomidan tavallud ayyomingiz bilan samim…
  2. Oct 5, 2026✅ Mudofaa sohasidagi iqtidorli yoshlar uchun maxsus Akseleratsiya dasturi boshlanmoqda! Yo…
  3. Oct 3, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirl…
  4. Oct 3, 2026Launchdan oldin marketing checklisti Startapni bozorga chiqarishdan oldin shu 7 ta savolga…
  5. Oct 2, 2026Reklamasiz mijoz topishning 4 usuli Hotmail, Dropbox, Airbnb va Notion birinchi foydalanuv…
  6. Oct 2, 2026Post #3168
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →