TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.7K subscribers
Post #2558 1.04K
Oliygohlarda startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Bugun, 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari B. Xodjayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, kengash aʼzolari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda vazirlikning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11-fevraldagi “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalarida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimini shakllantirish, “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish hamda mazkur yoʻnalishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.


Yigʻilish yakunida qator amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, “Inno” texnoparki bilan hamkorlikda mentor va trekerlar tayyorlash dasturlarini yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha bir yillik “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, startap markazlarini tashkil etish hamda talabalar gʻoyalarini dastlabki bosqichda moliyalashtirish uchun maxsus fond yaratish taklif etildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
More from @startupper_uz
  1. Oct 8, 2026✅ Googledan startaplar uchun maxsus platforma! Google for Startups platformasida: ⏺Startup…
  2. Oct 8, 2026Post #3184
  3. Oct 8, 2026#InnoWeek_2026 ✅ TADBIRKORLAR DIQQATIGA! 💡 Bozor iqtisodiyotida eng qimmat resurs — bu g‘…
  4. Oct 7, 2026Nega ish kuni tugaydi-yu, lekin “ish tugamaydi?” 1920-yillarda psixolog Blyuma Zeygarnik b…
  5. Oct 7, 2026Nega ish kuni tugaydi-yu, lekin “ish tugamaydi?” Qiziq savol toʻgʻrimi? Javoblaringizni iz…
  6. Oct 7, 2026🔺AIFU Pitch Day 3.0: 100 000 dollargacha investitsiya va 15 mln so‘m sovrinli tanlov! Das…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →