Nega ish kuni tugaydi-yu, lekin “ish tugamaydi?”
1920-yillarda psixolog Blyuma Zeygarnik bir narsani isbotlagan: tugallanmagan ishlar xotirada uzoq saqlanadi. Miya ularni “ochiq eshik” deb biladi va yopilguncha sizni tinch qo‘ymaydi. Bu — Zeygarnik effekti.
Bugungi topshiriqlar, hisobotlar va javob kutilayotgan xatlar — hammasi miyadagi “ochiq eshiklar”. Shu sabab ishdan keyin ham miya ishlayveradi, uyqu sifati buziladi.
Sotsiolog Xartmut Roza aytganidek, vazifalar oqimi biz ularni yopib ulgurganimizdan ko‘ra tezroq o‘sadi. Robert Merton ta’kidlagan burokratiya esa jarayonlarni ko‘paytirib, “eshiklar” sonini oshiradi.
✅ “Eshiklarni” yopish uchun 3 ta qadam:
1️⃣ Vazifalarni maydalang: Kunni katta loyihalar bilan emas, aniq tugaydigan ishlar bilan rejalashtiring (1 xat, 1 qo‘ng‘iroq).
2️⃣ Aniq vaqt qo‘ying: Bitmagan ishga “chorshanba 10:00 da davom ettiraman” deb muddat belgilang. Miya shunda tinchlanadi.
3️⃣ “Yopish rituali” qiling: Kun oxirida 5 daqiqa ajratib, bajarilgan ishlarni belgilang va ertangi 3 ta muhim ishni yozib qo‘ying.
Yaxshi rahbar hamma eshikni yopib ulguradigan emas, qaysi eshik ochiq qolganini aniq biladigan odamdir.
👇 Hozir sizda nechta “ochiq eshik” bor?
Post #3182
518

- ❤ 4