Agentlik tomonidan hududlarda innovatsion ekotizimni drayverga aylantirish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli davom ettirilmoqda. Haftaning eng muhim voqealari:
📍 Andijon viloyati
“InnoGarden” MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan bo‘sh yerlarda noyob turdagi fazan fermasi tashkil etildi. Ushbu startap loyiha hududda yangi innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishini shakllantirishga xizmat qiladi.
📍 Buxoro viloyati
Romitan tumanida teskari osmos texnologiyasi asosida suv filtrlari ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 850 mln so‘m mablag‘ evaziga yo‘lga qo‘yilgan loyiha natijasida 45 mlrd so‘mlik mahsulot sotuviga erishildi.
📍 Namangan viloyati
“Yoshlar kuni” munosabati bilan robototexnika, dron va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi tanlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlarga “Kelajak startaplari” tanlovida ishtirok etish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etildi.
📍 Samarqand viloyati
“WORLD EDU 2026“ xalqaro ko‘rgazmasida yosh olimlarning startap va tijoratlashtirish loyihalari namoyish etildi. Zamonaviy ishlanmalar investorlar va soha mutaxassislari e’tiborini tortdi.
📍 Toshkent viloyati
Ohangaron tumanida innovatsion loyihalar klasteri tashkil etilmoqda. Klaster doirasida ekokapsulalar, innovatsion yoritgichlar ishlab chiqarish va yangi tadqiqot laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
📍 Xorazm viloyati
Baliqchilik xo‘jaliklari uchun suv tarkibini aniqlovchi “Smart lake” qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Import analoglaridan 30% arzon bo‘lgan ushbu qurilmalar hozirda hududiy xo‘jaliklarga yetkazib berilmoqda.
🚀 “Kelajak startaplari” tanloviga start berildi!
Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.
Andijon | Buxoro | Jizzax | Qashqadaryo | Namangan | Samarqand | Sirdaryo | Toshkent | Farg‘ona | Xorazm viloyatlarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
