TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.69K subscribers
Post #2389 1.55K
🔝 Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan hafta davomida hududlarda amalga oshirilgan ishlar

Agentlik tomonidan hududlarda innovatsion ekotizimni drayverga aylantirish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli davom ettirilmoqda. Haftaning eng muhim voqealari:

📍 Andijon viloyati:
Sanoat mashinalari uchun yeyilishga bardoshli polimer material yaratildi. Ushbu ixtiro import o‘rnini bosuvchi samarali yechim sifatida ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.

📍 Samarqand viloyati:
“Payshanba — yoshlar kuni“ doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlarga "Kelajak startaplari" tanlovida ishtirok etish va loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berildi.

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
Nukusda “Yashil innovatsiyalar” tanlovi yakunlandi. Atrof-muhit barqarorligiga xizmat qiluvchi eng yaxshi loyiha mualliflari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Farg‘ona viloyati:
Vengriyaning “Winergy Kft.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Buvayda tumanida qurg‘oqchilikka qarshi innovatsion sug‘orish tizimini joriy etish loyihasi boshlandi.

📍 Jizzax viloyati:
JizPI talabalarining startap ishlanmalari tahlil qilinib, ularni tijoratlashtirish va davlat grantlariga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

📍 Toshkent viloyati:
Sanoat chiqindilaridan nodir metallarni ajratib olishning yangi texnologiyasi ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu resurs tejash samaradorligini keskin oshiradi.

📍 Qashqadaryo viloyati:
Qarshi yoshlar texnoparkida xalqaro andozalar asosida “Inkubatsiya zonasi” ochildi. Endi yoshlar o‘z g‘oyalarini zamonaviy laboratoriyalarda bepul realizatsiya qilishlari mumkin.


✅ “Kelajak startaplari” tanloviga start berildi!

Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak startaplari” tanloviga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda:

Andijon | Buxoro | Jizzax | Qashqadaryo | Namangan | Samarqand | Sirdaryo | Surxondaryo | Toshkent | Farg‘ona | Xorazm viloyatlarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @startupper_uz
  1. Oct 12, 2026🤖 Claude endi bitta jumladan interaktiv mexanizm yasay oladi Claude Code uchun Anatomy no…
  2. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
  3. Oct 10, 2026🔬 “BO‘LAJAK OLIM” TANLOVIGA TOPSHIRUVCHILAR DIQQATIGA! “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tan…
  4. Oct 10, 2026✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga! 27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 in…
  5. Oct 9, 2026Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodini Bosh…
  6. Oct 9, 2026Davlatimiz rahbari MDH sammitining tor doiradagi yig‘ilishida so‘zga chiqdi. — Глава нашег…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →