#Payshanba_yoshlar_kuni
✅ “O’zmilliybank”AJ boshqaruv raisi o’rinbosari samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
📍Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O’zmilliybank”AJ boshqaruv raisi o’rinbosari B.Jalilov, “O’zmilliybank”AJ viloyat boshqarmasi boshlig’i O.Umarov, Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i D.Azizova hamda viloyat Innavatsion rivojlanish bo’limi boshlig’i E.Danaboyev ishtirokida "Payshanba yoshlar kuni" munosabti bilan yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi.
🔹 Tadbir davomida: “Kelajak tadbirkori” dasturi, kredit mahsulotlari va imkoniyatlar haqida yoshlarga batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalari tinglandi.
💡Ochiq muloqot davomida, Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish bo'linmasi tomonidan Samarqand yoshlar texnoparkida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda "Kelajak startaplari" tanlovi haqida yoshlarga ma'lumotlar berildi.
Bizni kuzatib boring!
Post #1940
407






- 👎 2