Qarshida startaplar uchun “Demo Day” o‘tkazilmoqda
Qarshi yoshlar texnoparki hamda Yoshlar Ventures hamkorligida InnoX biznes-inkubator dasturi ishtirokchilari va talabalar uchun “Demo Day” tadbiri tashkil etilmoqda. Ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan jarayonda startapchilar o‘z loyihalarini namoyish etishmoqda. Tadbir doirasida “Yoshlar Venture” mutaxassislari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari va fondning imtiyozlari haqida ma’lumot berilib, ekspertlar bilan jonli muloqot o‘tkazilmoqda. Yosh tadbirkorlar o‘z ishlanmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar olishmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube



