🔵 Innovatsion sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi
Innovatsion rivojlanish agentligi Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i A. Ilkhamov Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida “GIDRO STANKO SERVIS” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. 2007-yilda tashkil etilgan ushbu korxona bugungi kunda yirik sanoat tarmoqlari uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va zamonaviy texnologik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirda 200 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonada 400 dan ortiq istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amaliyotga joriy etilgan.
Korxonaning 60 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadigan maxsus bo‘limi qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratish, ularni sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish jarayonida tog‘-kon sanoati og‘ir texnikalari uchun boshqaruv bloklari, elektr energiyasini tejovchi nasos stansiyalari, aqlli svetoforlar va elektrodvigatellar uchun invertorlar kabi innovatsion mahsulotlar yaratilmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube