TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.67K subscribers
Post #2293 1.62K
❗️O‘zbekiston venchur bozori tizimga aylandi

2025-yil O‘zbekiston startap ekotizimi uchun investitsiyalar bo‘yicha rekord yil bo‘ldi. Hozirda bozorda 15 ta fond faoliyat yuritmoqda va ular asosan ajratadigan sarmoya miqdori bilan farqlanadi.

1. Erta bosqich (Early Stage):
Eng kichik startaplarga asosan Yoshlar Ventures, Sarmo Ventures va CS Angels sarmoya kiritadi. 2025-yilda ularning o‘rtacha cheki $45 ming atrofida bo‘ldi.

2. Bank fondlari:
SQB Ventures, Aloqa Ventures va United Ventures kabi fondlar o‘rtacha $150–200 ming miqdorida sarmoya ajratadi.

✅ Aloqa Ventures: Bozorning eng faol ishtirokchisi (44 ta bitim, $5,2 mln).
✅ United Ventures: Ko‘pincha koinvestor sifatida qatnashadi (4 ta bitim, $725 ming).
✅ SQB Ventures: 2025-yilda tashkil etilganiga qaramay, 4 ta loyihaga $800 ming yo‘naltirdi.

3. Yirik sarmoyadorlar:

✅ UCV (Uzcard): Kam, lekin yirik cheklar bilan ishlaydi (o‘rtacha $336 ming).
✅ UzVC: Fondlar fondi. Ham startaplarga bevosita, ham boshqa fondlar orqali sarmoya kiritadi.
✅ IT Park Ventures: Hajm bo‘yicha yetakchi. 2025-yilda $7,1 mln investitsiya kiritgan (o‘rtacha chek $187 ming, ayrim hollarda $1 mln gacha).


O‘zbekiston venchur bozori tarqoq bitimlardan yaxlit tizimga o‘tdi. Endi startaplar bir joyda to‘xtab qolmasdan, birinchi $10 mingdan boshlab, $150 ming va undan yuqori bosqichli raundlargacha bosqichma-bosqich ko‘tarilishi mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ⚡ 4
  • 🔥 3
  • 👏 3
More from @startupper_uz
  1. Oct 15, 2026➡️ FinTech Hackathon 2026: 50 mln so’mlik mukofot jamg’armasi! Toshkentdagi Inha universit…
  2. Oct 14, 2026Startapingiz uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qiling 📗 Agrobank va AgroVentures ko…
  3. Oct 13, 2026🏆 Robototexnika bo'yicha jahon chempionlari taqdirlandi Bugun INNO Texnoparkda FIRST Glob…
  4. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanis…
  5. Oct 12, 2026🤖 Claude endi bitta jumladan interaktiv mexanizm yasay oladi Claude Code uchun Anatomy no…
  6. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →