#tanishing_startap
🦠 Havo ifloslanish manbasini soniyalar ichida aniqlovchi tizim yaratildi
🟢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
ECO-FINDER — atrof-muhit ifloslanish manbalarini real vaqt rejimida aniqlash va tahlil qilishga mo‘ljallangan innovatsion platformadir. Sun’iy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi ushbu tizim havo tarkibidagi zararli moddalarni skanerlaydi va muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq texnik tavsiyalar beradi.
Ushbu loyiha ekologik monitoring jarayonini to‘liq raqamlashtiradi. Bu esa ifloslanish sabablarini tezkor aniqlash, ma’lumotlarni tizimlashtirish va atrof-muhit holatini nazorat qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Loyiha Qarshi Yoshlar Texnoparkidagi “InnoX” inkubatsiya va akseleratsiya dasturi doirasida g‘oyadan tayyor startap holatiga keltirilgan. Loyiha rahbari Dilshoda Abdiyeva hozirda platformani respublika miqyosida joriy etish ustida ish olib bormoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube