Joriy yilning 11-fevral kuni qabul qilingan “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son Prezident qarori startap ekotizimini rivojlantirishda muhim huquqiy asosdir.
⚡️ Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
➡️ tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi;
➡️ respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.
Hujjatga ko‘ra belgilangan boshqa qator imkoniyatlar haqida hamkasbimiz J.O‘rinboyev ma’lumot beradi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube