🇰🇷🇺🇿 O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qanday hamkorliklarga erishilmoqda?
Hamkorlik bo‘yicha quyidagilarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi:
🔵 Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan ilmiy-tadqiqot va texnologiyalar transferi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
🔵 Zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish va mashinasozlik sohasida koreyalik hamkorlarning ilg‘or tajribasini mahalliy korxonalarga tatbiq etish;
🔵 Koreya modeli asosida texnoparklarni samarali boshqarish va innovatsion infratuzilmani rivojlantirish;
🔵 Boyovut innovatsion tumanida maishiy chiqindilarni saralash, qayta ishlash va poligon gazidan elektr energiyasi olish tizimini joriy qilish;
🔵 Irrigatsiya kanallarining suv oqimidan foydalangan holda mini GESlar qurish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish;
🔵 Hamkorlikdagi loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun maxsus ishchi guruh tuzish va aniq vazifalarni belgilovchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube



