🔺 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugungi yoshlar bilan uchrashuvda startap loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi imtiyoz va imkoniyatlarni belgilab berdi:
✅ Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi;
✅ O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 300 mln so‘mgacha, yosh tadbirkorlar uchun esa 10 mlrd so‘mgacha oshirildi;
✅ Innovatsion startaplarga global bozorga chiqish uchun 100 ming dollargacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishga ruxsat berildi;
✅ Har bir hududda g‘oyani biznesga aylantirish, marketing va eksportni o‘rgatuvchi yoshlar biznes inkubatorlari ish boshlaydi;
✅ “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida 40 ming yosh biznesga o‘qitilib, eng yaxshi 1 000 ta loyihaga 200 mln so‘mgacha (7%li ssuda) mablag‘ ajratiladi;
✅ “Yosh tadbirkorlar” tanlovida g‘olib bo‘lgan 100 ta loyihaga 1 mlrd so‘mgacha (Yoshlar venchurs jamg‘armasidan) mablag‘ ajratiladi;
✅ Har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi, unda hokimlar va vazirlar startapchilar bilan bevosita uchrashib, grantlar ajratadi;
✅ Toshkentda “Take Off” xalqaro startap sammiti, Samarqandda esa yoshlar parlamenti konferensiyasi o‘tkazilishi xalqaro hamkorlik uchun yangi maydon yaratadi;
✅ “Upshift” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi;
✅O‘zbek startaplari AQSh, Koreya va BAA kabi global bozorlarni zabt etishni boshlagani mahalliy loyihalarning yuqori eksport salohiyatidan dalolat beradi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
