TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.67K subscribers
Post #2181 710
Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.

Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard so‘mdan ajratadi.

Mazkur mablag‘lar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
More from @startupper_uz
  1. Oct 17, 2026#tanishing_startap 🚀 7 yil oldin ochilgan startap bugun $60 mlrd turadi Amerikaning Ramp…
  2. Oct 17, 2026#raqamlarda 🔝 Sentabrda 17 ta o‘zbek startapi jami $1,6 mln investitsiya oldi Kim qancha…
  3. Oct 17, 2026Post #3211
  4. Oct 15, 2026➡️ FinTech Hackathon 2026: 50 mln so’mlik mukofot jamg’armasi! Toshkentdagi Inha universit…
  5. Oct 14, 2026Startapingiz uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qiling 📗 Agrobank va AgroVentures ko…
  6. Oct 13, 2026🏆 Robototexnika bo'yicha jahon chempionlari taqdirlandi Bugun INNO Texnoparkda FIRST Glob…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →