#InnoX
Nukus yoshlar texnoparki “InnoX” biznes inkubatori bitiruvchisi Asanova Ayzada ayollar sumkalari uchun almashtiriladigan innovatsion "LUXCOVER" himoya g‘iloflari loyihasini ishlab chiqdi.
🟢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Ushbu loyiha zamonaviy ayollarning kundalik muammolariga kreativ yechim bo‘lib, sumkalarning tez eskirishi, tirnalishi va har bir kiyimga alohida sumka sotib olishdagi katta xarajatlar masalasini hal qiladi. LUXCOVER g‘iloflari elastik va yengil materiallardan tayyorlanib, turli o‘lchamdagi sumkalarga mukammal moslashadi hamda qimmatbaho brendlarni tashqi ta’sirlardan ishonchli himoya qiladi.
Shu bilan birga, ushbu innovatsion yechim bitta sumkani bir nechta obrazlarda ishlatish imkonini beradi: g‘iloflar oson yechiladi, yuviladi va minimalistdan tortib premium dizayngacha bo‘lgan variantlarda taqdim etiladi. Hozirda loyiha ustida so‘nggi izlanishlar olib borilmoqda va tez orada butun O‘zbekiston bo‘ylab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan ushbu mahsulot ayollar uchun ham qulay, ham foydali yangilik bo‘lishi kutilmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube