TGViewer
Channel Public Channel
StartupBase

StartupBase

@startupbaseuz

This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Subscribers
6.5K
Photos
7.6K
Videos
577
Links
3.2K

Showing posts older than #8510 · Back to latest

Older Posts 9 shown
Post #8508 28.3K
☀️ Startapingiz uchun imkoniyatlarga boy yoz

Bu yoz startaplar uchun imkoniyatlarga juda boy. Avvalroq biz xalqaro akseleratorlar haqida ulashgan edik, endi esa mamlakatimizdagi eng yirik ikki tanlovni eslatib o'tamiz.

🥇 President Tech Award 2026
Umumiy mukofot jamg‘armasi va investitsiyalar — $5,000,000

Turli bosqichdagi startaplar uchun 3 ta yo‘nalish:

🔹 Incubation Program
🔹 Acceleration Program
🔹 Best Startup Project

📲 Rasmiy Telegram-kanal

Sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirayotgan jamoalar uchun esa quyidagi tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda:

🧠 President AI Award 2026
Mukofot jamg‘armasi — $1,000,000

5 ta yo‘nalish:

🔹 AI in Public Services
🔹 Industry & Business AI
🔹 Healthcare & Medicine AI
🔹 Education AI
🔹 Green Economy & Agrotech AI

📲 Rasmiy Telegram-kanal

Arizalar qabuli awards.gov.uz saytida qizg‘in davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🔔 Eng muhim yangiliklar va startaplar uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimiz bildirishnomalarini yoqing.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🎉 2
  • 😍 2
Post #8507 4.06K
🇺🇿 O‘zbekiston startaplarini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

14–16-iyul kunlari Road to TechCrunch Startup Battlefield 2026 tanlovining milliy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston startaplari o‘z loyihalarini jonli efirda taqdim etadi.

🗓 Translyatsiyalar jadvali:
(Toshkent vaqti bilan)
14-iyul
09:00–12:00 — Round 1
13:00–16:00 — Round 2

15-iyul
09:00–12:00 — Round 3
13:00–16:00 — Round 4

16-iyul
09:00–12:00 — Round 5
13:00–16:00 — Round 6


🔛 Jonli efirga qo‘shiling, istiqbolli startaplar bilan tanishing va ularning global sahna sari yo‘lini birgalikda qo‘llab-quvvatlang.

📺 Jonli efirlar — The Tech YouTube kanalida.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
  • 🙏 1
Post #8506 3.19K
#Podcast #TheFounders #Insights

💼️️ Nega qozog‘istonlik founder startapini aynan O‘zbekistonda qurishga qaror qildi?

Ordo Holdings asoschisi Aida Azamatkizining aytishicha, buning asosiy sabablaridan biri — O‘zbekistonda iste’dodli mutaxassislarni ancha arzon narxlarda jalb qilish imkoniyati mavjud.

Masalan, Astanada bog‘cha xodimi yollash narxi o‘rtacha $1000 bo‘lsa, Nukusda bu ko‘rsatkich $200 atrofida. Biroq xizmat sifati deyarli bir xil.

➡️ To‘liq javobni YouTube’da tomosha qiling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 👏 2
  • 🤩 2
  • 👌 1
Post #8505 3.23K
⚡️ TASS Vision Gruziyada yangi mintaqaviy ofisini ochdi

President Tech Award 2024 g‘olibi hamda IT Park Ventures portfel kompaniyasi bo‘lgan startap Gruziyada yangi mintaqaviy ofisini ochdi.

🔎 TASS Vision — retail analytics uchun sun'iy intellekt yechimlarini ishlab chiquvchi startap.

TASS Vision'ning retail analytics bo‘yicha AI yechimlari 900 ming AQSH dollarlik 5 yillik shartnoma doirasida Gruziyaning yirik chakana savdo tarmoqlarida joriy etilmoqda.

Bugungi kunda startap texnologiyalari Aversi, MAVA, Alta va ICI Paris tarmoqlarida qo‘llanilmoqda. Ushbu tarmoqlarda mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qiluvchi va do‘konlar samaradorligini oshirishga yordam beruvchi 200 dan ortiq AI-kamera ishlamoqda.

TASS Vision yechimlari 10 ta mamlakatdagi 3 000 dan ortiq do‘konlarda joriy etilgan bo‘lib, elektronika, fashion, FMCG va farmatsevtika sohalaridagi yuzlab brendlarga xizmat ko‘rsatmoqda.


🖥 Batafsil saytimizda o'qing

🚀 TASS Vision jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va xalqaro bozordagi keyingi muvaffaqiyatlarini tilab qolamiz!

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 9
  • 👍 3
  • 😍 2
  • 🤩 1
Post #8504 1.39K
🛠 #ToolOfTheWeek : v0

🤔 G‘oyangizni bir necha daqiqada ilova interfeysiga aylantirishni xohlaysizmi?

🟢 v0 — matn orqali web va mobil ilova interfeyslarini yaratishga yordam beruvchi AI vositasi.

Nimalar uchun foydali?
🔹 MVP’ni tezroq tayyorlash
🔹 Dizayn g‘oyalarini vizuallashtirish
🔹 Developer bilan ishlashni tezlashtirish
🔹 Investorlar uchun prototip tayyorlash

❗️Agar siz hali mahsulotni ishlab chiqishni boshlamagan bo‘lsangiz, v0 g‘oyangizni birinchi prototipga aylantirishning eng tezkor usullaridan biri bo‘lishi mumkin.


👌 Startapingiz bo‘yicha fikr-mulohaza olishni istasangiz, 16-iyul kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #8503 1.55K
🎙 “Ariza topshiring”

Dunyodagi eng yirik startap platformalaridan biri StartupBlink’ning O‘zbekiston startaplari uchun eng asosiy tavsiyasi shu: “President Tech Award’ga ariza topshiring!”.

President Tech Award va President AI Award orqali bu yil $6 millionlik imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Hoziroq ariza topshiring va O‘zbekistonning eng yirik texnologik tanlovida ishtirok eting.

📝 Arizalar: awards.gov.uz
  • 🔥 4
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #8497 3.62K
↗️ O‘zbekiston texnologik ekotizimi haqida endi yanada ko‘proq eshitasiz.

IT Park Uzbekistan jamoasi Markaziy Osiyoning yetakchi media kompaniyalaridan biri WE Media Group bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston texnologik va startap ekotizimini xalqaro maydonda yanada faol targ‘ib qilish, shuningdek, IT Park tashabbuslari va media hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. 🤝

Rejalar:

🟢The Tech’da O‘zbekiston texnologik ekotizimi, startaplar va IT Park tashabbuslari haqida ko‘proq materiallar e’lon qilish;
🟢WE Project orqali muvaffaqiyat hikoyalari, intervyular va O‘zbekistondagi karyera imkoniyatlarini yoritish;
🟢IT Park tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarni yanada kengroq yoritish.


WE Media Group bugungi kunda 32 milliondan ortiq auditoriyani qamrab oladi. Demak, O‘zbekistonning texnologik ekotizimi va startaplari haqidagi hikoyalar endi yanada kengroq auditoriyaga yetib boradi.

🖥 Batafsil saytimizda o‘qing

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🤩 3
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #8490 1.26K

Forwarded from President AI Award

🫥 President AI Award 2026: o‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang

AI loyihangiz bor, ammo uni qaysi yo‘nalishda topshirishni bilmayapsizmi?

Tanlovning barcha 5 ta yo‘nalishini bitta karuselda jamladik.

🔹 AI in Public Services
🔹 Industry & Business AI
🔹 Healthcare & Medicine AI
🔹 Education AI
🔹 Green Economy & Agrotech AI

👉 Karuselni varaqlang, loyihangizga mos yo‘nalishni toping va President AI Award 2026 sari ilk qadamingizni qo‘ying.

Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🤩 5
  • 🔥 2
  • 😍 1
Post #8489 4.26K
🇰🇷 An exclusive opportunity for a fully-funded trip to Fly Asia 2026 for a startup!

Only one startup will be selected to represent Uzbekistan at FLY ASIA 2026, one of Asia's biggest startup festivals. 😮

Could it be yours❓

Here's what the selected startup will get:

🟡Round-trip flight + 3 nights of accommodation
🟡B2B meetings with investors, corporations, and accelerators
🟡Access to networking sessions and conferences
🟡A chance to compete in the FLY ASIA Awards with a $66K prize pool

Who can apply?

✅ IT Park Uzbekistan residents
✅ AI, SaaS, DeepTech, Enterprise Software startups
✅ Teams with a validated product and global growth potential


Submit your Go-to-Market Strategy for the South Korean market along with your application

📆 Busan, South Korea | October 7-8
⏳ Deadline: July 14

There's only one spot in the delegation. And it could be yours. 🙋

🔗 Apply now

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →