TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.52K subscribers
Post #8155 5.95K
☀️Bu yoz startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!

Dunyoning yetakchi akseleratorlari arizalarni qabul qilmoqda : investitsiya, mentorlik va global imkoniyatlarga yo‘l ochuvchi dasturlarni o‘tkazib yubormang.

🔹 Y Combinator
$500,000
Format: gibrid
Ishtirok narxi: bepul


Dunyoning eng mashhur va muvaffaqiyatli startup akseleratori. Airbnb, Stripe, Dropbox, Reddit, Coinbase va Brex kabi milliard dollarlik kompaniyalar Y Combinator bitiruvchilari.

✉️ Ariza topshirish muddati: 27-iyul, 2026
🔗 https://www.ycombinator.com/apply

🔹 Techstars
$220,000
Format: gibrid
Ishtirok narxi: bepul


Dunyo bo‘ylab eng yirik akselerator tarmoqlaridan biri. Techstars portfelida 4,000 dan ortiq startup mavjud bo‘lib, kompaniya kuchli mentorlik dasturi va global investorlar tarmog‘i bilan tanilgan.

✉️ Ariza topshirish muddati: 10-iyun,2026
🔗 https://www.techstars.com/accelerators

🔹 AI2 Incubator
$600,000 gacha
Format: online
Ishtirok narxi: bepul


Sun’iy intellekt startaplariga ixtisoslashgan dastur. AI mahsulotlarini yaratish va bozorga olib chiqishda chuqur texnik hamda biznes yordamini taqdim etadi.

✉️ Arizalar qabul qilinmoqda
🔗 https://apply.ai2incubator.com/apply

🔹 PearX
$250,000 dan $2M gacha
Format: offlayn
Ishtirok narxi: bepul


Pear VC tomonidan tashkil etilgan dastur. DoorDash, Guardant Health va Gusto kabi muvaffaqiyatli kompaniyalarning ilk bosqichdagi investorlaridan biri bo‘lgan fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

✉️ Arizalar qabul qilinmoqda
🔗 https://pear.vc/pearx-application/

🔹 Founder Institute
Format: online
Ishtirok narxi: $799


Dunyoning eng yirik pre-seed startup dasturlaridan biri. 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va minglab asoschilarga kompaniya qurish hamda ilk investitsiyalarni jalb qilishda yordam bergan.

✉️ Ariza topshirish muddati: 26-iyul, 2026
🔗 https://fi.co/join

🔹 Antler
$30M gacha
Format: gibrid
Ishtirok narxi:bepul


Antler dunyoning eng faol early-stage investorlaridan biri bo‘lib, yuzlab startaplarga investitsiya kiritgan.

✉️ Arizalar qabul qilinmoqda
🔗 https://www.antler.co/apply


💡 Bundan tashqari, "Digital Startups" dasturi doirasida O‘zbekiston startaplari nufuzli xalqaro akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarning, jumladan dastur to‘lovlari, safar va yashash xarajatlarining 50% gacha qismini $20,000 gacha qoplash imkoniyatiga ega.

🚀 Ushbu global dasturlarda ishtirok eting va navbatdagi muvaffaqiyat hikoyasiga aylaning!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🎉 3
  • 🙏 2
More from @startupbaseuz
  1. Oct 15, 2026Post #9250
  2. Oct 15, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Ma…
  3. Oct 15, 2026💡 «Lekin bunday startap allaqachon bor-ku…» Hozir qayerdadir bir founder shu fikr bilan n…
  4. Oct 15, 2026🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilis…
  5. Oct 15, 2026📖 #StartupDictionary Unit Economics 📝 Oldingi sonimizda Traction — startapning bozordagi…
  6. Oct 14, 2026Post #9240
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →