ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Golden Gate Ventures boshqaruvchi hamkori Michael Lints Markaziy Osiyo startaplari uchun ikki yillik dastur haqida ma’lum qildi. Dastur O‘zbekistonda tashkil etiladi.
👥 Dasturga 20 nafar startap asoschisi saralab olinadi. Ular ikki yil davomida mentorlik yordami hamda Golden Gate Ventures’ning Osiyo, Yaqin Sharq, AQSh va Yevropadagi hamjamiyati bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🌍 Dastur startaplarga biznesini rivojlantirish va global bozorlarga chiqishda yordam berishga qaratilgan.
📍 Michael Lints fond yaqinda Toshkentda ofis ochganini ham ta’kidladi. Golden Gate Ventures dasturini IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda rasman ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Saralash tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
