Ayni paytda EPAM Systems ma’lumotlar muhandisi Aziza Isroilova AWS Community Day Central Asia sahnasida ma’lumotlarni qayta ishlash va hisobot panellarini samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.
U o‘z taqdimotida avval har kuni 35–40 daqiqa vaqt talab qilgan ma’lumotlarni qo‘lda tayyorlash jarayoni hamda bitta natijani yuklash uchun qariyb 40 soniya ketgan tizim bilan bog‘liq ikki muammoni misol qilib keltirdi.
Spiker ushbu jarayonlarni oyiga 10 dollardan kam xarajat bilan optimallashtirish bo‘yicha yechimlarini namoyish etmoqda.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
