TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.29K subscribers
Post #8768 1.26K
#StartupMythBusters

❌ Mif: Global bozorga chiqish uchun startap avval mahalliy bozorda katta bo‘lishi kerak.

✅ Aslida: Startap xalqaro bozorga chiqish uchun o‘z mamlakatida bozor yetakchisiga aylanishini kutishi shart emas.

Buni Bolt va TASS Vision misolida ko‘rib chiqamiz.

🟩 Bolt — mobil ilova orqali yo‘lovchilarni haydovchilar bilan bog‘laydigan ride-hailing platformasi sifatida 2013-yilda Estoniyada ish boshlagan.

Keyinchalik kompaniya skuter va elektrobike ijarasi, avtomobil ijarasi hamda oziq-ovqat yetkazib berish kabi xizmatlarni ham yo‘lga qo‘ydi.

Mahalliy bozor hajmi cheklangan bo‘lsa-da, jamoa mahsulotni faqat Estoniya bilan chegaralamadi va boshqa mamlakatlarga chiqishni boshladi.

🔼 Bugungi kunda Bolt 50+ mamlakat va 850+ shaharda faoliyat yuritadi.


🟩 TASS Vision o‘z faoliyatini Toshkentda boshladi va AI asosidagi computer vision yechimlarini dastlab O‘zbekiston bozorida joriy qildi. Keyinchalik jamoa xalqaro ekspansiyani boshladi.

2024-yilda TASS Vision 🥇 President Tech Award’da “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, $100 000 mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda startap yechimlari 10 ta mamlakatdagi 3 000+ do‘konda ishlaydi.

TASS Vision tajribasi ham global ekspansiya mahalliy bozorda maksimal miqyosga yetgandan keyingina boshlanishi shart emasligini ko‘rsatadi.


🌐 Global bozor — final bosqich emas, startap strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

🚀 Agar siz yechayotgan muammo boshqa bozorlarda ham mavjud bo‘lsa, globalga chiqish uchun “yetarlicha katta” bo‘lishni kutish shart emas.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🙏 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 25, 2026AWS Community Day Central Asia 2026: birinchi qism yakunlandi ICT WEEK Uzbekistan 2026 doi…
  2. Sep 25, 2026🏆 Ignyte AI Challenge 2026 g‘oliblari aniqlandi IT Park Uzbekistan × Ignyte AI Challenge…
  3. Sep 25, 2026🎤 Ignyte AI Challenge 2026: pitch-sessiyalar yakunlandi IT Park Uzbekistan × Ignyte AI Ch…
  4. Sep 25, 2026📊 Sun’iy intellekt davrida ma’lumotlar tahlili qanday o’zgarmoqda? AWS Community Day Cent…
  5. Sep 25, 2026🌍 O‘zbekiston 2027-yilda ikkinchi Global Tech Weekend’ga mezbonlik qiladi ICT WEEK Uzbeki…
  6. Sep 25, 2026🚀 Golden Gate Ventures O‘zbekistonda Markaziy Osiyo startaplari uchun dastur e’lon qildi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →