Silicon vodiysidagi global innovatsion platforma va venchur investor Plug and Play Smartup startapiga investitsiya kiritdi.
📝 Smartup — distribyutor va ishlab chiqaruvchilarga savdo, ombor, moliya, trade marketing hamda yetkazib berish jarayonlarini yagona tizimda boshqarish imkonini beruvchi SFA va ERP platformasi.
Shuningdek, Smartup 💚 IT Park Ventures'ning portfel startaplariga kiradi
Bugungi kunda Smartup:
🔵 800 dan ortiq kompaniya bilan ishlaydi;
🔵 28 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega;
🔵 11 ta mamlakatda faoliyat yuritadi;
🔵 Markaziy Osiyo SFA bozorining qariyb 30 foizini egallaydi.
Jalb qilingan investitsiyalar Smartup'ga Markaziy Osiyo va MENA bozorlaridagi faoliyatini kengaytirishga yordam beradi.
Bu investitsiya O‘zbekistonda yaratilgan B2B mahsulotlarning xalqaro salohiyatini tasdiqlaydi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
