IT Park Uzbekistan, Tumar Innovation Hub va Astana Hub hamkorligida Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan xalqaro akseleratsiya dasturining ikkinchi oqimi ishga tushirilmoqda.
Dastur ishtirokchilari:
🔹 mahsulotini BAA bozoriga moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi;
🔹 mentorlar va soha ekspertlari bilan ishlaydi;
🔹 investorlar, korporativ hamkorlar va potensial mijozlar bilan uchrashadi;
🔹 yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟩 Pre-seed yoki undan yuqori bosqichdagi startaplar;
🟩 SAFE shartnomasini tuza oladigan yuridik shaxsga ega jamoalar;
🟩 mahsuloti BAA bozori ehtiyojlariga mos startaplar;
🟩 ingliz tilini erkin biladigan hamda dastur xarajatlarini qoplay oladigan jamoalar;
🟩 Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidentlari.
🗓 Ariza topshirish: 31-avgust'gacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
🚀 MENA bozoriga chiqish imkoniyatini keyinga qoldirmang — arizangizni topshiring!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website