TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.53K subscribers
Post #8463 1.53K
🟥 Startaplar uchun foydali YouTube-kanallar to‘plami

Startapingizni rivojlantirmoqchimisiz yoki dunyodagi texnologik trendlarni kuzatib borishni xohlaysizmi?

🫥 Siz uchun muvaffaqiyatli kompaniyalar asoschilari, investorlar va soha ekspertlaridan amaliy bilim olishga yordam beradigan YouTube-kanallarni jamladik.

To‘plamda ma’ruzalar, intervyular, keyslar tahlili va amaliy tavsiyalar jamlangan.

🟢 Y Combinator
Dunyodagi eng mashhur startap akseleratorlaridan biri.
🔹Startup School, ma’ruzalar, asoschilar bilan intervyular, Product-Market Fit, investitsiya jalb qilish, jamoa shakllantirish va AI mahsulotlarini ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar.
Barcha founderlar uchun tavsiya etiladi.

🟢 a16z (Andreessen Horowitz)
Dunyoning yetakchi venchur fondlaridan birining kanali.
🔹 AI, fintech, biotech va SaaS yo‘nalishlaridagi trendlar, investorlar va tadbirkorlar bilan intervyular.
Bozor qaysi tomonga rivojlanayotganini tushunishni istaganlar uchun.

🟢 Startup Club by Slidebean
Slidebean jamoasining tadbirkorlik va startaplar rivojiga bag‘ishlangan kanali.
🔹 Asoschilar va investorlar bilan intervyular, muvaffaqiyatli kompaniyalar tahlili, investitsiya jalb qilish strategiyalari va biznesni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar.
Muvaffaqiyatli startaplar tajribasidan o‘rganishni istagan tadbirkorlar uchun.

🟢 Lenny's Podcast
OpenAI, Notion, Airbnb, Figma, Stripe va boshqa kompaniyalar ekspertlari bilan intervyular.
🔹 Product management, mahsulotni rivojlantirish, jamoani boshqarish, AI va startaplar.
Founderlar va product managerlar uchun.

🟢 Alex Hormozi
Sotuv, marketing va biznesni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
🔹 Ish beradigan vositalar, real misollar va sodda tushuntirishlar.
Birinchi mijozlarini topgan startaplar uchun.

🟢 Greg Isenberg
Zamonaviy AI-startaplar haqida mashhur kontent yaratuvchilardan biri.
🔹 Mahsulot g‘oyalari, AI’dan foydalanish, community qurish va yangi imkoniyatlarni izlash.
AI-founderlar va ilhom izlayotganlar uchun.

🟢 MicroConf
SaaS va bootstrapped startaplar haqida kanal.
🔹Tadbirkorlarning haqiqiy tajribalari, venchur investitsiyasisiz o‘sish, metrikalar va sotuvlar.
SaaS loyihalari va kichik texnologik kompaniyalar uchun.

🟢 This Week in Startups
Kremniy vodiysi asoschilari, investorlari va ekspertlari bilan haftalik intervyular.
🔹 Startap ekotizimi yangiliklari, investitsiyalar va bitimlar tahlili.
Global startap bozorini kuzatishni istaganlar uchun.


🟢 Stanford eCorner
Stanford professorlari va tadbirkorlarining bepul ma’ruzalari.
🔹Kompaniyalar yaratilish tarixi, liderlik, innovatsiyalar va tadbirkorlik tafakkuri.
Yirik kompaniyalar tajribasidan o‘rganishni istaganlar uchun.

🚀 Balki aynan shu kanallardan biri sizning navbatdagi katta g‘oyangiz uchun ilhom manbaiga aylanishi mumkin.

@startupbaseuz

Читать на русском
Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🎉 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 16, 2026🇹🇷 Digital Uzbekistan: Turkiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun Open Ca…
  2. Oct 15, 2026☁️ Alibaba Cloud: startapingiz uchun AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlari kerakmi?…
  3. Oct 15, 2026Post #9250
  4. Oct 15, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Ma…
  5. Oct 15, 2026💡 «Lekin bunday startap allaqachon bor-ku…» Hozir qayerdadir bir founder shu fikr bilan n…
  6. Oct 15, 2026🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilis…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →