🚀 Boshlandi! President Tech Award va President AI Award 2026 tanlovlariga start berildi
1-iyul kuni IT Park Uzbekistan’da Powering the Startup Ecosystem keng ko‘lamli tadbiri boshlandi. Uning doirasida mamlakatdagi eng yirik texnologik tanlov “President Tech Award”ning yangi mavsumi va sun’iy intellekt sohasidagi yangi milliy tanlov “President AI Award”ga start berildi.
🎙 Tadbirni ochib bergan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish sa’y-harakatlari davom ettirilishini ta’kidladi va yangi mavsum ishtirokchilariga omad tiladi.
Shuningdek, sahnada Y Combinator dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbekistonlik founder Sardor Rahmatulloyev ham o‘z tajribasi va tavsiyalarini ulashdi.
🏆 Bugungi tadbir davomida mamlakat startap ekotizimi uchun muhim yangiliklar taqdim etildi: President Tech Award’ning yangi mavsumi umumiy moliyalashtirish hajmi 5 million dollarga yetkazildi.
Shuningdek, ilk bor sun’iy intellektga bag‘ishlangan milliy tanlov President AI Award start olmoqda. AI-startaplar uchun umumiy 1 million dollar miqdoridagi investitsiya jamg‘armasi ajratiladi.
🔥 Ikkala tanlov ham texnologik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy vositalariga aylanadi, startaplarga grantlar, investitsiyalar, ekspert ko‘magi va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatini beradi.
@startupbaseuz
RU|EN
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Post #8434
6.92K
- 🔥 4