Digital Startups dasturi ishtirokchisi bo‘lgan ORDO EdTech startapi CS Angels Clubdan $100,000 miqdoridagi Pre-Seed investitsiyasini jalb qildi.
Bitim natijasida kompaniya bahosi $2 millionga yetdi.
🔼 Startapning asosiy mahsuloti — Ordo.education, AI-assistentga ega bulutli ERP SaaS-platformasi bo‘lib, u davlat va xususiy bog‘chalarda kundalik jarayonlarni avtomatlashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda ota-onalar bilan aloqani samarali yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
Bugungi kunda ORDO yechimlari Markaziy Osiyoning 4 ta mamlakatidagi 150 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasida joriy etilgan.
Jalb qilingan investitsiya mahsulotni rivojlantirish, jamoani kengaytirish va mintaqaviy miqyosda o‘sishni jadallashtirishga yo‘naltiriladi.
🚀 Ordo jamoasini tabriklaymiz va keyingi yutuqlarini tilab qolamiz!
@startupbaseuz
