O‘zbekistondan tashqarida kengayish haqida o‘ylayapsiz, ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? 🤔
So‘nggi yillarda Yaqin Sharq dunyodagi eng qizg‘in startap markazlaridan biriga aylandi. Investorlar, korporatsiyalar va yangi imkoniyatlar bir joyga jam bo‘lyapti.
Bizda esa ajoyib yangilik bor: IT Park Uzbekistan’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi startaplarni qabul qilishni boshladi. 🔥
Agar siz MENA bozorlariga chiqishni o‘ylayotgan, ammo nima qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz — tashvishlanmang. Jamoamiz sizga yordam berishga tayyor!
Birgalikda:
🤝 Hamkorlar topamiz
💰 Investorlar bilan bog‘lanamiz
🔍 Mintaqadagi imkoniyatlarni o‘rganamiz
Sizni “Saudiya bozoriga qanday kirsam ekan? 🤔” degan savol bilan yolg‘iz qoldirmaymiz.
✈️ Ariza topshirgan kompaniya va startaplar Saudiya Arabistoniga tashkil etiladigan biznes missiyalarda ishtirok etish uchun ham ko‘rib chiqiladi. Bu ularga potensial hamkorlar, investorlar va ekotizim vakillari bilan bevosita uchrashish imkoniyatini beradi.
Biznesining keyingi manzili Yaqin Sharq bo‘lishini xohlovchilar Open Call'ga ariza topshirishi mumkin.
🔗 Ariza topshirish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
