🔴 📌📌📌📌📌
❗️Davlat tibbiy sug‘urtasi:
9 oyda 61 ming nafardan ortiq bemorga yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi
📊 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish uchun 886,3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi
📊 Ushbu mablag‘lar hisobidan jami 181 ta davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotida 61 142 nafar bemor davlat budjeti hisobidan bepul davolandi.
📊 Xususan, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida 26 303 nafar bemorning davolanishi uchun 351,6 milliard so‘m, boshqa respublika tibbiyot muassasalarida 19 234 nafar bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun 228,8 milliard so‘m yo‘naltirildi.
🩺 Shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalarida 8 774 nafar bemorni davolashga 121,3 milliard so‘m, nodavlat tibbiyot tashkilotlarida 6 831 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 184,6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
🏥 Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p bemorlar kardiologiya va kardioxirurgiya yo‘nalishida davolangan. Muolaja olganlar soni bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari orasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchilik qildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
