🔴📌📌📌📌📌
❓Davlat tibbiy sug‘urtasi: Shu yilning 9 oyida qancha bemorga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatildi?
✅ Yurtimizda aholining kafolatlangan, sifatli va bepul tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari tobora kengaymoqda.
📊 Xususan, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan aholiga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jami 26,6 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
📊 Ushbu mablag‘larning asosiy qismi, ya’ni 25,5 trln so‘mi poliklinika, shifoxona va tez tibbiy yordam xizmatlarini moliyalashtirishga sarflandi.
🔎 Shuningdek, 886 mlrd so‘m yuqori texnologik va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarga, 248 mlrd so‘m esa Reimbursatsiya dasturi doirasida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlashga yo‘naltirildi.
➡️ Joriy yilning 9 oyi davomida poliklinikalarda fuqarolarga 176,8 mln marta bepul tibbiy ko‘rik va maslahat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga, 3,4 mln nafar bemor shifoxonalarda yotib davolangan bo‘lsa, yana 1,3 mln nafar bemor kunduzgi statsionarlarda muolaja oldi.
🚑Bu davrda tez tibbiy yordam xizmatiga jami 9,4 mln marta chaqiruv kelib tushdi. Bu har kuni o‘rtacha 34,5 ming marta tez tibbiy yordamga murojaat qilinganini anglatadi.
🚑SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin
