TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 123K subscribers
Post #23096 5.85K
#Xalqaro_akkreditatsiya

🔴 🟦🟦🟦

❗️SSV: Respublika Endokrinologiya markazi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

📍 Poytaxtimizda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — “To‘raqulov o‘qishlari” bo‘lib o‘tmoqda.


🌐 Unda mamlakatimiz vakillaridan tashqari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya kabi qator davlatlardan yetakchi olimlar, tajribali shifokorlar hamda soha ekspertlari ishtirok etyapti.

📄 Tadbir doirasida akademik Y. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tegishli sertifikat topshirilishi kongressning eng muhim voqeasi bo‘ldi.

💬 Qayd etilganidek, bu — muassasa jamoasining samarali mehnati va erishgan yutuqlarining munosib e’tirofi. “Accreditation Center for Quality in Healthcare” (ACQH) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tashqi baholash natijalari buni tasdiqlaydi.


✅ Akkreditatsiya jarayonida markazning klinik va boshqaruv faoliyati, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat nazorati hamda bemorlar xavfsizligini ta’minlash tizimi o‘rganilib, xalqaro standartlarga to‘liq muvofiq deb topildi.

➡️ Ushbu natija mamlakatimizda endokrinologiya xizmati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilayotganining navbatdagi amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

📌 Eslatib o‘tamiz: 2024-yilda o‘tkazilgan “To‘raqulov o‘qishlari” nomli ilmiy-amaliy xalqaro anjuman doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga ISO 9001:2015 hamda ISO 7101:2023 xalqaro sifat standartlarini joriy etganligi munosabati bilan maxsus sertifikatlar topshirilgan edi.

💫 Kongress o‘z ishini davom ettirmoqda.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
  • 👍 7
  • 🔥 4
More from @ssvuz
  1. Oct 15, 2026🔴❗️❗️❗️❗️ 💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупрежден…
  2. Oct 15, 2026#No_comment 🟡 ❤️❤️❤️ ❗️Toshkentda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi —…
  3. Oct 15, 2026🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷 Kuz-qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chal…
  4. Oct 15, 2026🟡 🟦🟦🟦 📌 Poytaxtimizda aholiga narkologiya va psixiatriya xizmatini ko‘rsatish tizimin…
  5. Oct 14, 2026#Muloqot 🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ❗️ SSV: O‘zbekistonlik neyroxirurglar Yaponiyaning yetakchi kl…
  6. Oct 14, 2026#Elektron_retsept 🔴❤️❤️🩵💜🩵❤️🩷 🖥 Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →