TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 125K subscribers
Post #22888 5.91K
🟡 🌐🌐🌐🌐🌐

❗️ JSST: 2030-yilga borib, dunyoda 11 milliondan ortiq tibbiyot xodimi yetishmasligi mumkin

📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, global keksayish tendensiyasi tufayli 2030-yilga borib, dunyo bo‘yicha 11,1 million nafar tibbiyot xodimi yetishmasligi prognoz qilinmoqda.


📍 Xususan, 67 ta mamlakatda shifokor va hamshiralar tanqisligi sababli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning hozirgi darajasini saqlab qolish qiyinlashishi mumkin. Ushbu davlatlarda kelgusi o‘n yil ichida har uch nafar shifokordan biri pensiyaga chiqishi kutilyapti.

📌Muammo, ayniqsa, yuqori daromadli mamlakatlar, jumladan, Yevropaning ko‘plab davlatlarida jiddiy tus olishi aytilmoqda. Chunki bu hududlarda katta yoshli tibbiyot xodimlarining ulushi nisbatan yuqori.

💸 JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, aholining soha kadrlari bilan hozirgi ta’minlanganlik darajasini saqlab qolish uchun qayd etilgan 67 mamlakatda qo‘shimcha 832 ming nafar tibbiyot xodimiga ehtiyoj mavjud.

🔎 Bu esa xorijlik tibbiyot mutaxassislariga bo‘lgan talabni oshirib, kam daromadli mamlakatlardan malakali kadrlar oqimini kuchaytirishi mumkin. Oqibatda ushbu davlatlarda tibbiy xizmatlar sifati pasayishi taxmin qilinmoqda.


‼️Shundan kelib chiqib, JSST tegishli hukumatlarni tibbiyot kadrlari tanqisligini kamaytirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
  • 👍 4
More from @ssvuz
  1. Sep 24, 2026#Yangi_loyiha 🟡 🟦🟦🟦 ✅ Ular har kuni qaysidir bemorning hayotini saqlab qolish uchun sh…
  2. Sep 24, 2026🔴 No_comment 📍 Poytaxtimiz O‘zbekiston ftiziatrlar va pulmonologlarining IX anjumaniga m…
  3. Sep 24, 2026BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa…
  4. Sep 24, 2026#Tavsiya 🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ✅ Qizamiq — havo-tomchi yo‘li orqali juda tez yuqadigan virusl…
  5. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Oʻrikzor mahallasida tashkil etilgan gastr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →