AQSH savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdik.
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, savdo, investitsiyalar hamda sheriklikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashdik.
Hozirda Amerika biznes doiralari mamlakatimizdagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu e’tibor yaqin istiqbolda aniq kelishuvlar, yangi ish o‘rinlari va iqtisodiyot uchun keng imkoniyatlarga aylanishi juda muhim.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqotni va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashib kelayotgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyatini alohida ko‘rib chiqdik.
—
Состоялась встреча с заместителем министра торговли США Дэвидом Фогелем.
Говорили о сотрудничестве Узбекистана и США, прежде всего о торговле, инвестициях и новых направлениях.
Сегодня американский бизнес всё больше проявляет интерес к инвестиционным и инфраструктурным проектам в нашей стране. Важно, чтобы это внимание переходило в реальные договорённости, рабочие места и новые возможности для экономики.
Отдельно обсудили работу Американо-узбекского делового и инвестиционного совета, который помогает бизнесу двух стран лучше понимать друг друга и налаживать практическое взаимодействие.
Post #3969
123K



