Sentabr oyida O‘zbekistondagi qaysi startaplar investitsiyalar jalb qildi?
Stanbase ma’lumotlariga ko‘ra, 16 ta bitim bo‘yicha oshkor qilingan investitsiyalar hajmi $1,6 mln ni tashkil etdi. Yana bir bitim summasi ochiqlanmagan.
Eng yirik investitsiya Bito ERP platformasiga to‘g‘ri keldi — AloqaVentures kompaniyaga $300 ming ajratdi.
ORA, Bigmart va UrbanDrive startaplari $200 mingdan, Layf $150 ming, Blogix esa $120 ming investitsiya jalb qildi.
Tezbor va Luwo startaplari $100 mingdan oldi. Qolgan loyihalar ham marketing, ta’lim, logistika, biznesni boshqarish va boshqa sohalarda investitsiya jalb qildi.
12 ta investitsiya raundi 22-sentabr kuni ICT Week Uzbekistan doirasida o‘tkazilgan Startup & Venture Summit’da e’lon qilindi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/13/startups-announcements/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20263
930

- 👍 6
- 🔥 4
- ❤ 3
- 🤔 1