Yandex Uzbekistan vitse-prezidenti Sardor Qodirovning ma’lum qilishicha, yil boshidan buyon 23 785 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Kuryerlarga solingan jarimalar qariyb 4,7 mlrd so‘mga yetgan. Qoidabuzarliklarning atigi 8% i hujjatlar yo‘qligi bilan bog‘liq.
Bunga 2025-yil 1-oktabrdan mopedlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, raqam olish va boshqarish uchun guvohnoma olish bo‘yicha qo‘yilgan yangi talablar sabab bo‘lmoqda.
U 25 sm³ gacha dvigatel yoki 0,25 kVtgacha elektr motori va 25 km/soatgacha tezlikka ega moped, skuter va kichik mototransportlarga ham tegishli. Bu talab elektrovelosipedli kuryerlarda savollar tug‘dirmoqda..
“Men ham buni tushunmayapman: agar elektrovelosipedimning tezligi 25 km/soatdan oshmasa, katta yo‘lga chiqmasam, qizil yo‘lakdan harakatlansam, nega baribir „A1“ toifali haydovchilik guvohnomasini olishim kerak? Aks holda ishlay olmayman. Juda, juda g‘alati holatlar yuz bermoqda”, — deyiladi videomurojaatda.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu holatni “kuryerlarga qarshi navbatdagi jazolash kampaniyasi” deb atab, qo‘shimcha xarajatlarga e’tibor qaratdi.
Qodirovga ko‘ra, qoidabuzarliklarning 92% i hujjatlarga bog‘liq emas: bayonnomalar fara yoki yorug‘lik qaytargich yo‘qligi, oynalarni qoraytirish va yo‘lovchi tashish uchun ham tuzilmoqda.
Spot kuryerlarga nisbatan reydlar yuzasidan IIV JXD YHXX matbuot xizmatiga so‘rov yubordi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/05/scooter-raids/
Telegram | Instagram | YouTube
