O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi qariyb $2 mlrdga oshib, $84,1 mlrdga yetdi
2026-yilning birinchi yarmida mamlakat umumiy tashqi qarzi yil boshiga nisbatan $1,9 mlrd ga oshib, $84,1 mlrd ni tashkil etdi. Shundan davlat tashqi qarzi $41,7 mlrd, korporativ tashqi qarz esa $42,4 mlrd ga yetdi.
Yanvar-iyun oylarida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi taxminan $6,2 mlrd ni tashkil etdi. Bunga asosan savdo balansining manfiy saldosi sabab bo‘ldi.
Yarim yillikda eksport 8,6% ga kamayib, $15,4 mlrd ni tashkil etdi. Import esa 24% ga oshib, $28,8 mlrd ga yetdi. Oltindan tashqari tovarlar eksporti 27%, xizmatlar eksporti 45% ga o‘sdi.
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi $2,3 mlrd ni tashkil etdi. O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei esa yil boshidan 34% ga qisqarib, 1-iyul holatiga $13,3 mlrd bo‘ldi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/02/external-debt/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20125
1.19K

- 👎 5
- 👍 3
- ❤ 1
- 🔥 1
- 🤔 1