TGViewer
Channel Public Channel
Soʻz!

Soʻz!

@soz_loyihasi

Toza oʻzbekcha soʻz…

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi loyihasi
Subscribers
751
Photos
197
Videos
36
Links
127
Recent Posts 15 shown
Post #365 196
🤩 “So‘z”dan yana bir konsert!

Yodingizda bo‘lsa, loyiha doirasida ustoz shoir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukurning “Megapolisdan Himolay choʻqqisigacha” kitobining taqdimotini o‘tkazgan edik. Endi ushbu teatrlashtirilgan taqdimotni istalgan vaqtda va istalgan joyda tomosha qilish imkoniga egasiz!


Hoziroq so‘z va sozning betakror birlashuvidan bahramand bo‘ling:
https://youtu.be/zwbEJsaniF0

@soz_loyihasi
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 2
  • 🥰 1
  • 😍 1
Post #364 1.72K
🤩Bugun oʻzbek eli sara farzandlaridan ayrilganiga 88 yil boʻldi…

Ochilmay soʻlsa har gul gʻunchasi pir-u javon yigʻlar,
Emas pir-u javon, balki hama ahli jahon yigʻlar…

Bundan roppa-rosa 88 yil avval yana bir guruh ziyolilarimiz sobiq Ittifoq qatagʻon mashinasi zanjirlari ostida yanchildi. Ularning ichida Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Gʻozi Olim Yunusov, Ziyo Said kabi oʻzbekning asil vatanparvarlari bor edi.


Quyidagi havola orqali Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Yigʻlar” radifli gʻazalning kuyini tinglashingiz mumkin:
https://youtu.be/jIxdmg4vyss?si=pIHbbWXsxZQCm8oz

Vatan unutmaydi! Xalq unutmaydi!

@soz_loyihasi
YouTube Yigʻlar — Asilbek Eshonov & “ArtHouse” teatr guruhi | YALDO KECHASIdan “So‘z” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Yaldo kechasi” teatrlashtirilgan she’riy-konsert dasturida ijro etilgan “Yig‘lar” qo‘shig‘i. #Uzb35 #Mustaqillik35
  • ❤ 3
  • 🙏 3
Post #361 430

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 🎉 3
Post #356 394
⚪️27-sentyabr — Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfining tugʻilgan kuni!

Oʻzimni topsam…
Men har gal izlayman
yoʻqotish imkonlarini.
Yoʻqotmasam erishmayman
hech bir narsaga.
Oʻzimni topsam, sevgilim,
ajralaman sizdan, shubhasiz.


Rauf Parfi

@soz_loyihasi
  • ❤ 6
  • 🔥 4
  • 🥰 1
Post #355 1.16K
❤️‍🔥Bugun shoir tug‘ilgan kun! “So‘z” esa tuhfaga she’r ulashadi.

Mana mening barmoqlarim,
eting temirga qiyos.
Toʻking, soching qonlarim,
ochilgan gullar qiygʻos.
Mana parcha yuragim,
tugilgan mushtlarga xos.
Bu talangan vujudim
“Vatan” degan soʻzga mos!..

© Aziz Said

🔴 YouTubeda koʻrish:
https://youtu.be/3TjK7UrqvqM
🔴 Instagramda koʻrish:
https://www.instagram.com/reel/DdtLhwItj9x/?stkn=MXR4NHRqcnFuNmkyNg==

@soz_loyihasi
  • ❤ 5
  • 🔥 5
  • 👏 3
  • 🎉 1
Post #354 396
She’r oʻqish zavqi yoqimli. Uni shoirning oʻzidan eshitish esa yanada…

“Soʻz” jamoasi buning uchun davomli harakatda.

@soz_loyihasi
  • ❤ 4
  • 🔥 4
Post #349 595
Bugun-da sen meni chorlaysan,
garchi, keng shaharda quvonch yo‘ʻq.
Va lekin, yoningga bormayman,
garchi keng, shaharda suyanch yoʻ‘q.


📹 Yana bir tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Bizni kuzatishda davom eting, siz uchun eng saralarini ilinamiz!

@soz_loyihasi
  • ❤ 5
  • 🔥 4
  • 🥰 1
Post #347 497

Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur

Бугун миллат шоири Шавкат Раҳмон таваллуд топган кун (1950–1996)

Бўрилар

Қирғин келди
вабо келгандай,
мурдалар ҳам турди гўрида –
кўпикланган қора селлардай
урчиб кетди қонхўр бўрилар.
Очлик урган туркий ўлкада,
офат чиққан маконларда ҳам
парчаланган зулмат кўлкаси
пайдо бўлар эди дафъатан.
Кунлар –
очиқ ярадай қонли,
тунлар –
ойдин харобазорлар,
жасадларга тўла тонгларни
сирқиратар фарёди борлар.
Эл қирилди туркий ўлкада,
эр қолмади – келди ажали,
ким қонига ботди йўлкада,
ким ғажилди номоз маҳали.
Йиллар ўтди.
Гўё ҳаммани
чалғитгандай вақтинча кулфат,
қонга ташна милён шарпани
яширгандай қаърида зулмат.
Аҳли муслим,
энди огоҳ бўл,
Қонхўр гала ҳали тирикдир,
ўлар бўлсанг озодлардай ўл,
қолар бўлсанг энди бириккин.
Токим ёвуз тумшиғин суқса,
аждодларнинг азиз гўрига,
жим турмасин қўймижозли халқ,
бас келолмай битта бўрига.
Кўрсат дейман –
қаҳру ғазабдан
гўрларида турсин мурдалар,
руҳи озод бўлсин азобда
ғулларини суйиб юрганлар.
Токим
ҳар бир муслим қабрига
ҳеч яширмай кўзда ёшини,
авлодлар ҳам лаънат лавҳимас,
қўйса дейман қабр тошини.

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 4
  • 🔥 3
  • 🥰 1
Post #346 882
12-sentyabr — oʻzbekning jangchi shoiri Shavkat Rahmon tugʻilgan kun!

Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar,
bormi bul tufroqda o’zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.

Bor boʻlsa, alarga yetkarib qoʻying,
bir boshga bir oʻlim demagan ermas,
shahidlar o’lmaydi, bir qarab tuying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!


Izohlarda shoir ijodidan oʻzingiz yoqtirgan she’rlarni ulashishni unutmang 👇

@soz_loyihasi
  • 🔥 5
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 3
Older posts →

About this channel

How can I read @soz_loyihasi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Soʻz!: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Soʻz! have?
Soʻz! (@soz_loyihasi) has 751 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Soʻz! know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →