Bir davr tugadi - Ушла целая эпоха
Biz SkillUp loyihasini tugatdik. Deyarli 3 yil davomida qaysidir vaqt qizg'in, qaysidir vaqt tanaffuslar bilan ishlagan, qo'limizdan kelgancha vaqt, mablag' va qandaydir ma'noda mehrimizni bag'ishlagan SkillUp loyihasini bugun o'z nihoyasiga yetkazib yopdik, bu qarorga kelish oson bo'lmadi, ahir oz muncha vaqt va pul ketmadi. Shunga qaramasdan bizda katta bir tajriba va jamoa qoldi, asosiysi shu, qolgani o'z yo'liga.
Bizni qo'llab quvvatlagan barcha do'stlarimizga katta rahmat ❤️
Jamoa a'zolarimizga (Khamidulla Inoyatov, Jakhongir Rakhmonov va Saidabror Nizamkhujaev) esa alohida rahmat, biz yutmagan bo'lsak ham biz hech bo'lmaganda harakat qilib ko'rdik.
P.S. Sotib olingan kurslar ochiq keng ommaga to'liq ochildi. Ma'lumot skillup.uz saytida.
@khumoyun_codes
Post #22
96
