Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshqarma apparati hamda bojxona postlari xodimlari ishtirokida navbatdagi saf ko‘rigi tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, mavsumiy formali kiyim-boshlarni belgilangan tartibda kiyib yurishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xizmat guvohnomasi va boshqa zarur hujjatlarning mavjudligi, ularni olib yurish hamda saqlash qoidalariga rioya etilishi darajasi o‘rganildi.
Saf ko‘rigi yakunida xodimlar bilan saf tayyorgarligi qoidalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, xizmat intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan tushuntirishlar berildi.
Post #39509
141




