TGViewer
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali @sirdaryo_vbb · 768 subscribers
Post #39492 44

Forwarded from O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Surxondaryoda yirik narkotik kontrabandasi fosh etildi: 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari ushlandi


Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va narkojinoyatlarga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini respublikamizga olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

2026-yil 1-oktabr kuni soat 22:30 da Afg‘onistondan “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan bo‘sh yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida kinolog xizmat itining transport vositasiga nisbatan belgi berishi bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

Shundan so‘ng 1993-yilda tug‘ilgan, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro boshqaruvidagi mazkur yuk avtomashinasi chuqurlashtirilgan bojxona nazoratidan o‘tkazildi.


Natijada transport vositasi tirkamasining pol qismi tagiga xufiyona yashirilgan 98 dona o‘ram aniqlandi.

Bojxona postidagi yirik inspeksion rentgen qurilmasini chalg‘itish maqsadida o‘ramlar polietilen, zarqog‘oz va skotch yordamida to‘rt qat qilib qadoqlangan.

O‘ramlar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, ularning 79 donasida “gashish”, 19 donasida esa “opiy” giyohvandlik vositasi joylangani ma’lum bo‘ldi.

Protsessual tartibda olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalarining o‘rami bilan birgalikdagi og‘irligi 42 kg 335 gramm gashish hamda 10 kg 260 gramm opiy, jami 52 kg 595 grammni tashkil etdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari salkam 340 ming dozani tashkil etadi. Bu esa minglab insonlar, ayniqsa yoshlar salomatligi va kelajagiga jiddiy xavf solishi mumkin edi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davrida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 1,9 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi hamda ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.
More from @sirdaryo_vbb
  1. Oct 4, 2026#Axborot24 | 03.10.2026 Bojxona tizimini raqamlashtirish samarasi: so‘nggi 9 yilda bojxona…
  2. Oct 3, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Axborot24 | Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ay…
  3. Oct 3, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash ⚡️SURXONDARYODA 52 KILOGRAMMDAN ZIYOD GIYOHVANDLIK VOSITALAR…
  4. Oct 3, 2026#bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB! Dubay bojxonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlard…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →