USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari Guliston shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilani bayram bilan tabrikladilar.
Tadbirda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustozlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning farzandlar kamolotidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. Bir guruh o‘qituvchilarga boshqarma rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur maktab Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan. O‘quvchilarning bojxona sohasi haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, kasbga qiziqishini oshirish maqsadida ta’lim muassasasida muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!
Post #39428
173




