TGViewer
Channel Public Channel
Shuhrat's blog

Shuhrat's blog

@shuhrats_blog

Kasbda, shaxsiy hayotda, o'rganishda qilinayotgan tajribalar va olingan xulosalar haqida yozaman.

LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/shuhrat-kobulov
Subscribers
111
Photos
15
Videos
0
Links
30
Recent Posts 18 shown
Post #223 87
Redditdagi tajriba

7–8 oy oldin Redditdan faqat odamlarning fikrlarini o‘qish uchun foydalanardim. O‘sha paytda Redditning o‘z qoidalari borligini ham bilmasdim. Keyin esa o‘zim bilmagan holda shu qoidalardan birini buzdim.

Pomodoni promotion qilish uchun post yozish xayolimga keldi. Mos subredditni topdim va postni joyladim. Ko‘p o‘tmay, post Reddit tomonidan o‘chirildi.

Redditning qoidalarini bilmaganim uchun, avval kommentariya yozib yurgan faol foydalanuvchilar bemalol post yoza oladi, deb o‘yladim.

Qanday turdagi pomodoro timerdan foydalanasiz deb so'ralgan post ostida komment qoldirdim. Komment qoldirilgan post linki.

Kommentariyam 70 ga yaqin ko‘rish yig‘di va taxminan 20–30 ta foydalanuvchini Pomodoga olib keldi. Ulardan 3–4 nafari ro‘yxatdan ham o‘tdi. Shunda o'zim bilmagan holda reddit marketingni boshlagan ekanman.

O‘sha tajribadan keyin Redditning yana bir qiziq tomonini payqadim: u yerdagi post va kommentlar qidiruv tizimlarida ham chiqadi. Bundan tashqari, katta til modellari ham tavsiya uchun linklarni Redditdagi ma’lumotlardan oladi.

Hozir esa yana bir qiziq narsani ko‘ryapman: analitikada Pomodoga ChatGPT orqali kirib kelayotgan foydalanuvchilar ham bor. Analytics'dagi screenshotni izohga qoldiraman.

Qizig‘i, o‘sha paytda men marketing qilyapman deb o‘ylamagandim. Reddit marketingni o‘rganib chiqqanimdan keyingina, 7–8 oy oldin qilgan ishim ham aslida Reddit marketingning bir ko‘rinishi bo‘lganini tushundim.

Komment yozgan akkauntim esa bir necha marotaba Reddit qoidalarini buzganim sababli keyinchalik o‘chirildi. Hozir Redditdan yangi akkaunt orqali foydalanaman.
Post #222 90
Reddit marketing

Pomodo'ga yangi foydalanuvchilar olib kelish yo'llari haqida o'yla yurgandim. Oldingi post kommentariyda Bobur aka Reddit marketingni o'rganib ko'rishni tavsiya qildi. Shuning uchun Reddit marketing haqida o‘rganib ko‘rdim.

Redditni oddiy forum deb tasavvur qilish mumkin. Lekin uning asosiy kuchi - turli mavzularga bag‘ishlangan minglab hamjamiyatlarda. Dasturlashdan tortib moliya, kitoblar, fitness va hatto juda tor niche mavzulargacha alohida kommunitylar mavjud.

Instagramda mahsulotni ko‘rsatib, reklama qilishingiz mumkin. Redditda esa shunchaki reklama tashlab ketish yaxshi fikr emas. Sizni down vote qilishlari yoki ban berishi mumkin.

Har bir kommunityni o'z qoidalari mavjud. Bu yerda strategiya boshqacha: avval foydali bo'l, keyin gapir.

Redditda marketing qilishning o‘zi ham bir nechta yo‘lga bo‘linar ekan. Men hozircha uchta asosiy yo‘nalishni ko‘rdim: organik ishtirok, Reddit Ads va market research.

Marketing mutaxassisi emasman, shuning uchun bu mavzuni chuqur yoritmayman. Shunchaki, o‘zim yaqinda o‘rgangan Reddit marketing haqida sizlarga ham aytib qo‘ymoqchi edim.

Agar sizning ham o'z loyihangiz bo'lsa reddit marketingni bir o'rganib ko'rishni tavsiya qilaman.

PS. Aslida, 7-8 oy oldin Redditda o‘zim bilan yaxshi bir tajriba bo'lgan. Keyingi postda aynan shu voqeani va Reddit menga nima berganini yozaman.
Post #221 120
Pomodo bugun Product Hunt'da!

Qisqacha, bu nima: Pomodoro taymer va o'zingiz aralashtiradigan ambient tovushlar. Yomg'ir, kafe shovqini, kamin, o'rmon, brown noise kabi qatlamlarni ustma-ust qo'yib, o'zingizga "focus room" yasaysiz va ishga kirishasiz.

Oldinroq uzhunt.uz'da ham chiqqan edi. U yerdan ~40 kishi saytga kirdi, lekin atigi 3 tasi ro'yxatdan o'tdi. Demak, nimadir odamlarni to'xtatyapti va buni hali to'liq tushunganim yo'q. Sizning fikringiz muhim.

Sizdan iltimos:
- Product Hunt sahifasiga kirib ko'ring: https://www.producthunt.com/products/pomodo
- Bir-ikki jumla fikr yozib qoldiring.
- Hali sinab ko'rmagan bo'lsangiz: getpomodo.com/?ref=telegram

Tanqidni ham kutaman. Nima yetishmayapti, nima xalaqit beryapti, izohda yoki shaxsiy xabarda yozing.
Post #220 189
Dasturchilar bozori - 2026-yil avgust holati

Yaqinda bir fikrga duch keldim: "dasturchi vakansiyalari 49% tushgan, ML muhandisi vakansiyalari esa 59% o'sgan".

Tekshirib ko'rsam - ikkala raqam ham haqiqiy manbadan, lekin biri noto'g'ri nomlangan va ikkalasi ham 18 oy eskirgan. Bugungi raqam boshqa. Va bozor o'sha paytdan beri o'sish yo'nalishida.

Shundan keyin butun mavzuni qaytadan yig'ib chiqishga qaror qildim.

Maqolada:
• Bugungi aniq raqamlar va ular qayerdan kelgani
• Har bir ko'rsatkich nimani o'lchamasligi
• Stanford va Nyu-York Fed o'rtasidagi hal qilinmagan ziddiyat (biri AI deydi, biri masofaviy ish)
• Dasturchilarning o'zlari AI haqida nima deyapti
• O'zbekiston bozoriga qaysi qismi tegishli, qaysi qismi yo'q
• Bunday ma'lumotlarni umuman qanday o'qish kerak

Maqsad sizni biror xulosaga ishontirish emas. Maqsad - o'zingiz xulosa chiqara olishingiz uchun ma'lumot berish. Shuning uchun har bir da'vo ostida havola bor.

Maqola: https://byshuhrat.com/dasturchilar-bozori-2026/

⚠️ Ma’lumotlarni yig’ish va manbalarni topishda AI’dan foydalandim - har bir raqam ostida havola aynan shuning uchun turibdi. Raqamlar tez o’zgaradi - yuqoridagi birlamchi manbalarni o’zingiz tekshirib turishingizni tavsiya qilaman. Agar biror raqamda xatolik topsangiz yoki yangi ma’lumot chiqsa, yozing.
Post #219 348
Octane ommaga taqdim etildi - do'stim esa uning core jamoasida

Bolalikdan beri tanish do'stim bor - @Diyorbekk_dev. U ancha vaqtdan beri open source bilan shug'ullanadi: o'zi ham bir nechta loyiha yaratgan, boshqa loyihalarga contribute qilib keladi.

Yaqinda u Octane core jamoasiga qo'shilganini aytgandi - kecha esa Octane rasman ommaga taqdim etildi.

Octane nima?

Octane - Inferno'ning davomchisi bo'lgan tezkor JavaScript UI framework. Uni Dominic Gannaway yaratgan - u Inferno muallifi, shuningdek React, Svelte, Lexical va Ripple ustida ishlagan dasturchi.

G'oyasi sodda: siz o'zingiz o'rgangan React API'da yozaverasiz, qolgan og'ir ishni kompilyator bajaradi.

Nimasi bilan ajralib turadi:

- Virtual DOM yo'q: template'lar klonlanadigan node'lar va to'g'ridan-to'g'ri DOM yozuvlariga kompilyatsiya qilinadi.

- Rules of Hooks yo'q: hook'ni shart ichida yoki early return'dan keyin ham chaqirish mumkin, chunki slot'lar chaqiruv tartibi bo'yicha emas, chaqiruv joyi bo'yicha belgilanadi.

- Dependency array yozish shart emas: kompilyator effect, memo va callback'laringiz aslida nimadan foydalanayotganini o'zi aniqlaydi.

- Yaxshilangan async: bir-biriga bog'liq bo'lmagan use() chaqiruvlari daraxt bo'ylab birma-bir suspend bo'lish o'rniga birgalikda ishga tushadi, streaming SSR esa har bir boundary tayyor bo'lishi bilan yuboradi.

- Tezlik: rasmiy benchmark'larda barcha suite'lar bo'yicha o'rtacha React 19'dan ~2.5 barobar, Preact'dan ~2.7 barobar tezroq.

- Migratsiya uchun app'ni qayta yozish shart emas: mavjud React 19 ilovangizga OctaneCompat orqali Octane "Octane islands"larini bitta komponentdan boshlab qo'shib borasiz, SSR va hydration ham ishlaydi. Faqat React Server Components ko'chmaydi - qolgani (hooks, Suspense, context, SSR) ishlayveradi.

- Ekotizim: state, data, routing, UI, forms, charts va 3D uchun 42 ta rasmiy binding, jumladan TanStack, React Three Fiber, Lynx va StyleX integratsiyalari.

- Sinovdan o'tgan: runtime, kompilyator, SSR va binding'lar bo'ylab 11 500+ test bajarilgan.

⚠️ Eslatma: Hozircha loyiha beta versiyada.

Sayt: octanejs.dev
GitHub: github.com/octanejs/octane

Shunday katta loyihaning core jamoasida do'stim turgani - alohida faxr. Frontend bilan qiziqsangiz, @Diyorbekk_dev ni kuzatib boring: bunday loyiha ichidagi jarayonni ichkaridan ko'rsata oladigan odam ko'p emas.
Post #218 282
Bilamiz, ammo nega qila olmaymiz?

Har birimiz o'zimizga so'z beramiz: "ertadan sport", "shakarni tashlayman", "har kuni kitob o'qiyman"... lekin ko'pincha bajara olmaymiz. Va o'zimizni irodasizlikda ayblaymiz.

Bu mavzu menga ham juda tanish - o'zimning og'riqli nuqtam. Shuning uchun bu haqda izlandim, o'rgandim va topganlarimni bir inshoga jamladim: nega aynan shunday bo'ladi va buni qanday yengish mumkin.

Agar siz ham shu kurashni boshdan kechirayotgan bo'lsangiz, balki foydali bo'lar

Insho uchun havola:
https://kshuhrat.substack.com/p/bilamiz-ammo-nega-qila-olmaymiz
Post #217 321
4 oy oldin Pomodo haqida post yozgandim.

Shu vaqt ichida loyiha ustida asta-sekin ishlab bordim. Oxirgi 1.5 oyda esa frontend qismini to‘liq qayta yozib chiqdim. Ko'plab improvment'lar va yangi funksionalliklar qo'shildi.

Yangi versiyada asosiy fokus faqat Pomodoro timer’da emas.

Endi Pomodoro va ambient sound’lar bir xil darajaga olib chiqildi. Maqsad - ish paytida distraction’ni kamaytirib, fokus uchun qulay muhit yaratish.

Platformada ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni 46 taga yetdi. Eng yoqqan tomoni - aktiv foydalanuvchilar soni asta-sekin ortib boryapti.

Eng qiziq tomoni esa:
Yangi frontend versiyasi to‘liq Claude Code orqali yozildi.

Men tomondan deyarli bir qator ham kod yozilmadi 😄

Asosan architecture, prompting, debugging, direction va product tarafini boshqardim.

Sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz:
https://getpomodo.com

Feedback bo‘lsa bemalol yozishingiz mumkin. Hozir loyiha aynan feedbacklar orqali shakllanib boryapti. Feedback'lar uchun dastur ichida alohida bo'lim ham mavjud.

Ko'p o'zgarishlarni asosiy sababchisi @ibrohimengineer
Post #215 318
Birinchi 21 km

Oldingi postda keyingi maqsadim 10 km’ni 1 soatdan tezroq bosib o‘tish degandim. Hali buni bajarmadim, lekin o‘zim uchun boshqa bir chegarani bosib o‘tdim - birinchi yarim marafonimni yugurdim.

21 km - 2:28:04

To‘g‘risi, masofa davomida eng katta challenge tezlik emas, tempni saqlab qolish va oxirigacha mental jihatdan sinmaslik bo‘ldi. Ayniqsa oxirgi kilometrlarda tana charchaydi, davom etishni xohlamaydi. Shu joyidan o‘tishning o‘zi alohida tajriba ekan.

Pace ideal bo‘lmadi, hali ishlash kerak bo‘lgan joylar ko‘p. Lekin asosiy maqsad - masofani to‘liq va to‘xtamasdan tugatish edi. Shu jihatdan o‘zimdan qoniqdim.

Endi keyingi maqsadlar:
- 10 km’ni 1 soatdan tez yugurish
- Half marathon pace’ni yaxshilash
- Barqaror formada bo’lish

Davomini kuzatamiz.
Post #213 371
Birinchi marafonim

10 km - 1:03:19

Hozirgi sport formamdan kelib chiqib rejam 1:06:00 ichida tugatish edi.

Lekin yugurish davomida o‘zimni yaxshi his qildim va marragacha yetib bora oldim. Natija 3 daqiqaga yaxshiroq chiqdi.

Yurak urushi ham yomon emas - menimcha optimal zonada bo‘ldi.

Endi keyingi maqsad:
10 km’ni 1 soatdan tezroq yugurish

Davomini kuzatamiz.
Post #211 541
Kod yozish oson, lekin kamera qarshisida gapirish-chi?

Hozirda faoliyat olib borayotgan Unicon Soft kompaniyasida kichik intervyucha bergandim.

To'g'risi, har doim monitor ortida ishlashga o'rganib qolgan odam uchun kamera qarshisida o'z fikrlarini jamlab olish biroz hayajonli bo'lar ekan. Lekin jarayon juda samimiy o'tdi.

Quyidagi havola orqali to'liq videoni ko'rishingiz mumkin.

https://youtu.be/8mNVprI1QNg?si=5ZOB2V7o59Af2E6Y
YouTube “Kod yozish — muhandislik, toza kod yozish — san’at” Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://telegram.me/uniconsoft https://www.facebook.com/uniconsoft https://www.instagram.com/unicon_soft
Post #209 556
Pomodo

Pomodo - bu men ishdan bo'sh vaqtlarimda, o'zim foydalanishim uchun qilgan loyiham nomi.

Sayt ishga tushganiga taxminan ~1 yil bo'ldi. Shu vaqt davomida qo'shimchalar kiritib bordim.

Pomodo - bu ishlaringizni Pomodoro texnikasi orqali boshqarishni osonlashtiruv-chi sayt.

Sayt yordamida:

- Kun davomida bajarishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzishingiz mumkin.

- Har bir ishga e’tibor fokusini berib, vaqt belgilab, Pomodoro texnikasi asosida bajarishingiz mumkin.

- O‘z statistikangizni ko‘rib, samaradorligingizni kuzatishingiz mumkin (bu bo‘limni yanada yaxshilash rejamda bor).

Hozirgacha 13 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, shulardan 9 nafari kamida bir marta saytni faol ishlatgan.

Siz ham ishlaringizni tartibga soling, samaradorlikni oshiring va vaqtni oqilona boshqaring.

P.S: Qo'shimcha taklif va xatoliklar bo'lsa kommentda qoldirsangiz ularni ham qo'shib yoki to'g'rilab qo'yaman.

Sayt linki: getpomodo.com
Post #206 492
Dasturlash paradigmalari (Programming paradigm)

Ushbu maqolada dasturlash paradigmalari nima ekanligini tushunishga harakat qilamiz.

Paradigma o'zi nima? Oddiy qilib aytganda, paradigma - bu muammoni hal qilishda qanday printsiplarga va qoidalarga amal qilishimizni aniqlaydigan yondashuv. Buni taom tayyorlash uslubiga o'xshatish mumkin: bitta taomni turli oshpazlar turlicha tayyorlashi mumkin (biri retseptga qat'iy amal qilib, ikkinchisi improvizatsiya qilib). Natija bir xil bo'lsa-da, jarayon va qoidalar farq qiladi.

Dasturlashdagi paradigma (Programming paradigm) - bu muammoni hal qilishda kodni qanday tuzish va masalani qanday yondashuv bilan hal qilishni belgilaydigan tamoyillar to‘plami. Dasturlashda har bir paradigma kod strukturasi, ma’lumotlar oqimi va muhim tamoyillarni belgilaydi.

Dasturlash paradigmasi - bu tili yoki framework emas, balki kodni tashkil qilish falsafasi. Kod qanday tashkil qilinishini belgilab beruvchi model. Masalan, Haskell faqat funktsional dasturlash (Functional programming) ga ixtisoslashgan bo’lsa JavaScript yoki Python kabi tillar multi-paradigmali bo'lib, ular sizga bir nechta uslubda kod yozish imkonini beradi.

Paradigmalarni yaxshi bilish dasturchiga dastur tuzishda to'g'ri va ayni yozilayotgan dasturga mos kod yozish yondashuvini tanlashini osonlashtiradi. Eng muhim tanlagan paradigmasini kodda to'g'ri tadbiq qiladi.

Paradigma tanlash muayyan muammoga va til imkoniyatlariga bog‘liq. Dasturni bitta yoki bir nechta paradigmalar qorishmasida yozish ham mumkin.

Dasturlashda bir nechta paradigmalar ko'p qo‘llaniladi. Ular:
- Object-Oriented Programming (OOP)
- Functional Programming (FP)
- Imperative Programming
- Procedural Programming
- Declarative Programming
- Event-Driven Programming

P.S. Balki bu paradigmalarni qo’lalsh haqida ham keljakda gaplasharmiz )
Post #205 399
#adventofcode

Advent of Code. Birinchi ishtirokim.

Bu yil birinchi martta AoC-da qatnashishim. Kuniga 2 tadan masala, 12 kun davomida. 1-masala osonroq, 2-masala qiyinroq va 1-masala yechilgandan so'ng ochiladi. Qiziq masalalar berildi.

11 kun davomida barcha kunlarning masalalarini yechdim. 12-kuni dangasalik va boshqa ishlar sabab yecholmadim. Vohid Karimovning leaderboardiga qo'shilib olgandim, kuchli 10 talikka kirish nasib qilmadi 31-o'rinda yakunladim. Muhimi ishtirok :)

Avvallari algoritm yechardim, lekin anchadan beri yechmay qo'ygandim. Ishonch ancha tushib ketgandi, har kuni masala yechish o'zimga bo'lgan ishonch qayta tikladi. Endi algoritm yechishni tashlab qo'ymaslikka harakat qilaman.
Post #204 449
Refactor qiling.

Refactor qilish boshqa dasturchi yozgan yomon kodni yaxshiroq va tezroq tushunishga yordam beradi.

Sizdan oldin yomon yozilgan kodga duch kelsangiz - avvalo refactor qiling.

Clean code'ni o'zgartirish osonroq.

Refactor qilish faqat sizga emas, sizdan keyin ishlaydigan dasturchiga ham foydali.

Refactor qilish yangi funksionallik qo'shishni osonlashtiradi.
Post #198 799
#hiking

1.5 yildan beri hiking bilan aktiv bo‘lmasada, vaqti-vaqti bilan shug‘ullanib kelaman. Bu oddiy mashg‘ulot emas - u hayot tarziga aylanishi mumkin. (Menda hayot tarzi emas)

Hiking nimalar beradi:

Jismoniy salomatlik
- Yurish orqali yurak faoliyati kuchayadi.
- Oyoq, bel va orqa mushaklari mustahkamlanadi.
- Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi.

O‘rtacha 1 soatlik tog‘da yurishda 400 - 600 kaloriya sarflanadi.

Ruhiy sog‘lomlik
- Tabiatda bo‘lish stress va xavotirni kamaytiradi.
- Telefon va texnologiyadan biroz uzilish ongni tozalaydi.
- Ichki sokinlikni his qilish imkonini beradi.

Haftasiga bir marta tabiatda yurish depressiya belgilari va salbiy fikrlarni kamaytiradi. Link

Ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish
- Do‘stlar bilan birga yurganingizda muloqot mustahkamlanadi.
- Yolg‘iz yurganingizda esa o‘zingizni chuqurroq anglaysiz.
- Maqsadga erishish (masalan, cho‘qqiga chiqish) orqali o‘z-o‘zingizga ishonch ortadi.

Yangi joylar, yangi dunyoqarash
- Har bir yangi marshrut sizni yangi manzara bilan tanishtiradi.
- Ko‘z oldingizdagi go‘zallik, hayrat va shukronalikni beradi.
- Shahar shovqinidan uzoqlashish, fikrlaringizni tartibga solishga yordam beradi.

Oddiy yugurish yoki sport zalidan farqli ravishda, hiking sizni tabiat bilan bog‘laydi. Hech qanday shovqin, hech qanday ekranga qarash sharti yo‘q.

P.S. Rasm - Obiqashqa (Пик Охотничий) ga o‘tkazgan so‘nggi hiking safarimizdan.
Post #197 660
Zilziladan keyin qurilgan uylar — mustahkamroq bo‘ladi.

Hayotdagi har bir qiyinchilik ham zilzila kabidir. Agar tebranishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarilsa. Har bir tebranishdan keyin yaxshilanish bo‘ladi.

Do‘stdan kuyganlarni, do‘st tanlash haqidagi xulosasi, do‘stdan kuymaganlarnikidan teranroq bo‘ladi.

Hayotdagi har bir tashvish va muammolar, hayot imtihonining bir bo‘lagi, mana shu haqiqatni unutadigan bo‘lsak bezovta odamga aylanamiz.

Bu dunyo sinov va imtihon dunyosi, har bir kelgan qiyinchilikni imtihon deb bilmog‘imiz bizni anashu qiyinchiliklar natijasidan tushkunlikka tushib qolmasligimizga katta yordam beradi.

- Xastaliklar imtihon.

- Farzand dog‘i imtihon.

- Faqirning boyib ketishi imtihon.

- Boyning qashshoqlashib qolishi imtihon.

Bu sinovlar sanoqsiz. Ularni tan olish — ruhiy kuchning belgisi. Sabr qilish esa iymonning belgisidir.

Hayotning eng katta tashvishlarini anglagan odam, hayotning eng katta saboqlarini oladi.
Post #195 556
3 oydan beri Angular bilan ishlayabman.

Bu vaqt ichida Angular ekotizimida ishlash menga React'ga qaraganda ko'proq yoqyabdi.

- Keng qamrovli modul va komponent tizimi
- Rasmiy qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalar (routing, formalar, servislar)
- Katta hajmdagi loyihalarda barqarorlik va tartib

React ham zo’r, lekin Angular bilan ishlaganimda o’zimni ko’proq “tizimli” his qilyabman.

Bu hozirgi fikrim balki kelajakda o'zgarar.
Older posts →

About this channel

How can I read @shuhrats_blog without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Shuhrat's blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Shuhrat's blog have?
Shuhrat's blog (@shuhrats_blog) has 111 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Shuhrat's blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →