TGViewer
Sherzod Shermatov Sherzod Shermatov @shshermatov · 8.48K subscribers
Post #847 8.82K
🌷 Qizlar ta’limi — otalar nigohida

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni
munosabati bilan bu masalada otalar ovozini eshitish va yana bir bor qizlar ta'limiga e'tibor qaratish muhimdir.

⚡️ Prezidentimiz olib borayotgan siyosatlari natijasida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Buni raqamlar ham yaqqol tasdiqlaydi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 900 mingdan ortiq qiz tahsil olmoqda — bu barcha talabalarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi (54 foizi).

Coursera platformasida generativ sun’iy intellekt kurslariga yozilgan o‘zbekistonliklarning 58,9 foizi — xotin-qizlar. Bu yo'nalishda O‘zbekiston - Dunyo Yetakchisi sifatida tan olindi.

So‘nggi ikki yilda mamlakatimiz startap ekotizimi global reytingda 31 pog‘onaga ko‘tarildi. StartupBlink O‘zbekistonni “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi, Toshkent esa Markaziy Osiyo shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu yutuqlarda xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor:
✅1 600 dan ortiq raqamli startapning 220 dan ziyodiga ayollar rahbarlik qiladi;
✅investitsiya bitimlarining 21 foizi ayollar boshchiligidagi startaplarga to‘g‘ri keladi;
✅President Tech Award g‘oliblarining har uchtasidan biri — ayollar boshchiligidagi loyiha.

Aziz qizlar, orzularingizdan qaytmang, bilim oling, oldinga intiling — siz uchun barcha yo‘llar ochiq! Hurmatli otalar, qizingizga bildirgan ishonchingiz — uning eng katta tayanchi.

Quyidagi havolalar orqali imkoniyatlardan foydalaning:

• “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” — aileaders.uz
• Coursera kurslari — ite-association.uz/coursera
• Startap boshlamoqchimisiz? - startupbase.uz
• GAP Women It Club
More from @shshermatov
  1. Oct 6, 2026Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг очилиш маросимида А…
  2. Oct 3, 2026MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон…
  3. Oct 1, 2026Barcha ustozlar, o'qituvchilar va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz!
  4. Sep 22, 2026Please share the video from today's ICT Week opening ceremony to invite more of your partn…
  5. Sep 21, 2026Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganla…
  6. Sep 8, 2026JOIN ICT WEEK! The event that has sharpened Uzbekistan’s technological edge for more than…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →