Post #59
1.38K
Arslon so'zi haqida
Arslon so'zi Turkiy til tarixining deyarli barcha davrlarida faol ishlatilgan. Oʻrxun-y-Yenisey yozma manbalarida arslan, Devoni Lugʻatiʼt turk, asarida ham arslan shaklida qo'llanilgan. Alisher Navoiy asarlarida ham shunday uchraydi. Arslon soʻzi qardosh turkiy xalqlarning barchasida arslan, aslan shaklida ishlatiladi. Taniqli turkolog olim V.V. Radlov oʻz lugʻatida arslon soʻzining arslan, arsar, arsıl, aslan arsılan, arstan shakllarini keltiradi. Ramsted bu soʻzning etimonini arsïl kalimasiga olib boradi va bu soʻzni ar- sargʻish, qizil rang; arsïl sargʻish qizilni ifodalovchi soʻz deb koʻrsatadi.
A.M. Shcherbak "Uy va vahshiy hayvonlar nomi" maqolasida arslan soʻzini, ar- sifat, arsïl shu sifatning orttirma darajasi va an - hayvon bildiruvchi soʻz deb izoh beradi. Arslan so'zidagi +lan so'zining asosi, negizi noma'lumdir. Shunday bo'lsa ham ba'zi olimlar "arslan" dagi lan soʻzini xitoycha "ajdarho, hayvon" maʼnosidagi soʻzga bogʻlaydilar. Yani ular ar yoki arsïl so'zini sariq, sarg'ish deb olib, "sariq ajdarho" deb tarjima qiladilar. Undan tashqari qoplon (qaplan) - qap (qapmoq ya'ni tutmoq, ushlamoq) + lan;
sirtlon (sïrtlan) - sïrït (tish ko'rsatmoq) + lan; so'zlaridagi lan ham hayvon bilan bog'liq so'zlardir. Hozircha shunday tahminlar bor.
Alımčï arslan berimči sïçgan. (Oluvchi arslondir, beruvchi esa sichqon kabidir.)
Arslan kökrese at adakï tushanur [Devonu Lug'atit turk]
(Arslon nara tortsa otning ayoqlari chalkashib ketadi.)
Quyidagi manbalar asosida to'ldirildi:
Mahmud Qoshg'ariy, Devonu Lug'atit turk;
Bahrom Bafoyev "Ko'hna so'zlar tarihi",
Nishanyan sözlüğü(nisanyansozluk.com)
https://t.me/joinchat/AAAAAFglp5Mx9CoMaZH2Qg
- 👍 1