Turkiyaga Özbekistondan telefon olib kelganda shularni inobatga oling.
Turkiyaga xorijdan, xususan Özbekistondan telefon olib kelganingizda telefoningiz IMEI si 120 kun ochiq bo'ladi. Ya'ni shuncha kun sim-kartangizda antena chiqib turadi. Undan keyin yopiladi. Turkiyada hozirgi kunda telefon IMEI sini ro'yxatdan ötkizish narxi 54 ming liradan köproq. Bu 1000 dollardan köp degani. Bu raqam yaqin oylarda yana 300 dollarga qimmatlashishi ham kutilyapti. Siz 200 dollarlik telefon olib kelsangiz ham, 1000 dollarlik telefon olib kelsangiz ham shu summaga röyxatdan ötkizasiz. Buni deyarli hech kim xohlamaydi.
Nima qilish kerak?
Birinchi navbatda imkon qadar ikki sim-kartalik telefon olib keling. Shunda birinchisi yopilsa sim-kartangizni ikkinchisiga qöyasiz. Shunda 240 kunlik muddatga erishasiz. Odatda yangi yil boshida IMEI qulfi yana ochilib, yana 240 kunlik muddat yangilanadi.
Turkiyada telefonlar Özbekistondan köra kamida 1 yarim baravar qimmatligini hisobga olsak hamma ham Turkiyadan, yaxshiroq, yangi telefon olmaydi.
IMEI si har yili 240 kun ochiq bölib, qolgan 3-4 oy yopiqligi hisobiga bu noqulaylikni ham ketkazish uchun telefonchilardan arzon ikkinchi qo'l telefon olib, sim-kartangizni ösha telefonga taqib WİFİ örnida va alyo-alyo uchun qo'llanib tursangiz bo'ladi. Yangi yil boshida telefoningiz IMEI si yana ochilib, telefoningizga qovushasiz.
İkkinchi qöl telefon olayotganda ham yaxshilab tekshirib, ayniqsa batarekasining soğlomlik darajasini tekshirib oling. Bundan tashqari ösha telefonni ham IMEI sini tekshiring. Soxta yoki vaqtinchalik IMEI örnatilgan bölishi ham mumkin. Qanday tekshirishni esa ChatGPT dan sörang!
@sherzoddavlatov