#Ochiq_muloqot
REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMO, TAKLIF VA YECHIMLAR
😁 2026-yil 14-oktyabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
🔍 Uchrashuvda institut rektori, professor Mash’al Saidov yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish jarayonida mas’uliyatli bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda turli yot g‘oyalardan himoyalanish masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
🗂 Shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi dastur va imkoniyatlar hamda amaliyot jarayonining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida kiberjinoyatlarning oldini olish, axborot xavfsizligini ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida institut rektori bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirib, taklif va fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar fikri — taraqqiyot asosi, ularning tashabbusi esa kelajak poydevoridir!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube









